Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:21

Mladich sudi 3 iyun kuni boshlanadi


Bosniyalik serblar sobiq qo‘mondoni Ratko Mladich juma kuni Haagadagi mahkamada ilk ko‘rinish beradi.

O‘tgan hafta Serbiyada qo‘lga olingan Mladich seshanba kuni Haaga tribunaliga topshirildi.

Juma kuni ertalab boshlanadigan sudda Mladichga nisbatan 1992-1995 yillarda Bosniya-Xersogovinadagi urushda genotsid, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlik bo‘yicha ayblovlar rasman e‘lon qilinadi.

1 iyun kuni Haaga shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zlagan sobiq Yugoslaviyadagi urush jinoyatlari bo‘yicha BMT tribunali Bosh prokurori Serj Brammers general Ratko Mladich ustidan sud adolatli bo‘lishini ta‘kidladi.
XS
SM
MD
LG