Линклар

Шошилинч хабар
12 октябр 2024, Тошкент вақти: 09:03

Moskva aeroportidan 650 chog‘li tojikistonlik yurtiga badarg‘a qilindi


Moskvaning Vnukovo xalqaro aeroportidagi tablo (arxiv surati)
Moskvaning Vnukovo xalqaro aeroportidagi tablo (arxiv surati)

O‘tgan to‘rt kun ichida Moskvadagi Vnukovo aeroportidan Tojikistonning 643 nafar fuqarosi deportatsiya qilingan. Bu haqda “Interfaks” agentligi Tojikistondagi mahalliy nashrlar ma’lumotiga tayangan holda xabar qildi.

“Aziya-Plyus” mediaguruhining Tojikiston TIVdan olingan ma’lumotga tayanib qayd etishicha, 26-apreldan 30-aprelgacha Vnukovo aeroportiga uchib borgan 3101 nafar tojikistonlikdan 643 nafari tegishli shart-sharoitsiz bir necha kuch ushlab turilgani ortidan rossiyalik rasmiylar tomonidan yurtiga deportatsiya qilingan. Bundan tashqari, yana 117 nafar tojikistonlikni deportatsiya qilish haqida qaror qabul qilingan. Moskvadagi boshqa aeroportlarda ham vaziyat murakkab ekani aytilmoqda.

Avvalroq Rossiya TIV 30-aprel kuni tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning tojikistonlik hamkasbi Sirojiddin Muhriddin bilan telefon muloqoti bo‘lib o‘tgani haqida ma’lumot tarqatgan. Xabarnomaga muvofiq, Lavrov Tojikiston TIV rahbariga Rossiya chegaralarida pasport nazoratidan o‘tayotgan xorijliklar tutib qolinayotgani vaqtincha ekani va bunda mamlakatga kirib kelayotgan kishilarning milliy mansubiyati e’tiborga olinmayotganini aytgan.

“Interfaks” agentligining urg‘ulashicha, xorijliklarni mamlakatga kirishda yanada diqqat bilan tekshirish “Rossiyada terrorchilikni oldini olish bo‘yicha choralar kuchaytirilgani ortidan” boshlangan.

Avvalroq Tojikiston TIV tomonidan yoyinlangan bayonotda 27-aprel kuni “Rossiya poytaxtidagi Vnukovo xalqaro aeroportining fuqarolarni vaqtincha saqlash hududida tegishli sanitariya sharoitisiz 954 nafar tojikistonlik fuqaro” ushlab turilgani, ular orasida Rossiyada o‘qiydigan talabalar ham borligi bildirilgan. Vnukovo aeroportida qolib ketgan tojikistonliklardan 322 nafari bir necha soatlik tekshiruvlardan keyin Rossiya hududiga qo‘yilgan.

Ozodlikning tojik xizmati xabariga ko‘ra, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi “Tojikiston fuqarolariga Rossiya hududida o‘ta salbiy muomala qilinayotgani hamda ularning huquq va erkinliklari har joyda buzilayotgani munosabati bilan jiddiy tashvish” bildirgan holda, 29-aprel kuni Rossiyaning Dushanbedagi elchisi Semyon Grigoryevga norozilik notasini topshirgan.

XS
SM
MD
LG