Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:43

Moskvada taniqli o‘zbek aktyori Shuhrat Ergashev vafot etdi (VIDEO)


O‘zbekiston Xalq artisti Shuhrat Ergashev.
O‘zbekiston Xalq artisti Shuhrat Ergashev.

17 sentabr kuni Moskvada taniqli o‘zbek va rus kinosi va teatri namoyandasi, O‘zbekiston Xalq artisti Shuhrat Ergashev 76 yoshida og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi.

Marhum san’atkorning yaqinlari Ozodlikka uning oxirgi yillarda insult kechirgani va xastalik asoratlaridan davolanib kelganini aytishgan.

Shuhrat Ibragimovich 1945 - yilda Toshkentda tavallud topgan. Mehnat faoliyatini zavodda chilangarlikdan boshlagan. 1968 - yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan. Shuhrat Ergashev keyingi ikki yil M. Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida ishlagan.

"Диктатор" режиссëрларни ëмон кўрган Шуҳрат Эргашев 72 ëшга тўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:31 0:00

1970 - yildan boshlab aktyor "O‘zbekfilm" kinostudiyasida ishlay boshlaydi. Shuhrat Ergashev ijobiy va salbiy rollarni bir xil mahorat bilan ijro etgani bilan ham muxlislar e’tiborini qozongan. Kinotanqidchilar Ergashev o‘z qahramonlarining qayg‘u-alamlari, ularning ichki tug‘yoni, raqibga qarshi kurashdagi psixologik kechinmalarini yetkazishda o‘ziga xos ijro uslubi bilan ajralib turganini aytishadi.

Shuhrat Ergashev va Talgat Nigmatullin
Shuhrat Ergashev va Talgat Nigmatullin

Rejissyor Elyor Eshmuhamedovning "Nafosat" filmidagi Shuhrat roli uning ekranda yaratgan ilk obrazidir.

Aktyor Shuhrat ("Sevishganlar"), Mauzer ("Qo‘mondonning qaytishi"), Anvar ("41-yil olmalari"), Ubaydulla ("Qora konsulning halokati"), Talaba ("Integral"), Sherzod ("Semurg‘"), Aziz ("Seni kutamiz yigit"), Abdurahmon ("Zulmatni tark etib"), Bahromov (“Shok”), Temur ("Uchar yigit") kabi rollari bilan shuhrat qozongan.

Oxirgi yillarda Shuhrat Ergashev rus kino ustalari bilan hamkorlikda ishlayotgan edi.

Bundan bir necha yil oldin Shuhrat Ergashev Ozodlikka o‘z hayoti va ijodi haqida so‘zlab bergan.

1990-yillarda Ergashev aktyorlik bilan bir qatorda prodyuserlik ishlari bilan ham tanildi. 2000-yillardan Moskvaga ko‘chib kelgan Shuhrat Ergashev birin-ketin ochila boshlagan o‘zbek restoranlarini bezatish bilan ham mashg‘ul bo‘lgan.

Shu davrdan boshlab Shuhrat Ibragimovich Rossiyada suratga olinayotgan ko‘plab mashhur seriallar va filmlarda suratga tushdi. “Boets” (“Jangchi”), “Psevdonim “Albanets” (“Taxallusi “Alban”), “Znaxar” (“Tabib”), “Mech” (“Qilich”), “Visotskiy. Spasibo, chto jivoy” (“Visotskiy. Tirikliging uchun rahmat”) va Kuba (“Kuba”) Shuhrat Ergashevning oxirgi filmlaridan.

1989 - yilda Shuhrat Ergashevga O‘zbekiston Xalq artisti unvoni berilgan.

Yaqinlari va hamkasblarining Ozodlikka bildirishicha, mashhur o‘zbek kino ustasi Moskva shahrida dafn etiladi.

XS
SM
MD
LG