Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:04

Moskvada o‘zbekistonlik mardikor jasadi topildi


Kecha Moskvada pichoqlab o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan.

Rossiyada chiqadigan “Moskvovskiy komsomoles” nashri xabariga ko‘ra, topilgan jasad tekshirilib, uning Moskvaga shu yil 17 may kuni ishlagani kelgan 23 yashar o‘zbekistonlik U. T. Beknazarovga tegishli ekani aniqlangan.

Jasadda ko‘plab pichoq zarbi izlari bo‘lgan. Moskva militsiyasi mazkur xolat yuzasidan jinoyat ishi ochdi.

2011 yildan buyon Rossiya matbuoti Moskvada kamida olti nafar o‘zbekistonlik o‘ldirilgani haqida xabar qildi.
XS
SM
MD
LG