Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:23

Namangan hokimi go‘sht narxini tushirmoqchi bo‘ldi


O‘zbekiston bo‘ylab go‘sht narxi keskin ko‘tarilgan bir paytda Namangan hokimi narxni buyruq bilan tushirishga urindi.

Namangan hokimi Bahodir Yusupov o‘tgan hafta viloyatdagi 600 ga yaqin qassobni yig‘ib, ularga go‘sht narxini tushirish, bozorda 17-20 ming so‘mdan sotilayotgan mol go‘shtini 12-14 ming so‘mga sotishni tavsiya qildi.

Namangan viloyati hokimiyatining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha mas‘ullaridan biri shunday uchrashuv bo‘lganini tasdiqladi.

Lekin, hokimiyat rasmiysiga ko‘ra, go‘sht narxini tushirish tashabbusi qassoblarning o‘zlaridan chiqqan.

- Besh-o‘nta katta-katta qassoblar hamkasblariga shunday murojaat qilishdi, narx-navoni me‘yorida ushlab turish bo‘yicha. Bayramga o‘z hissamizni qo‘shaylik, deb bozordan xolis narxda mol olib, so‘yib ko‘rishdi.

Narxi o‘rtacha 14 mingdan tushdi. Qo‘y go‘shtini ham o‘rtacha narxini kelishib, ahdlashishdi-da. Hozir endi shaharda shu narxlarda sotayapti, bir-ikki g‘alamislar ko‘tarvormagan bo‘lsa, - deydi Namangan hokimligi rasmiysi.

Lekin hokim qanday buyruq bermasin¸ bozordagi narxni talab va ehtiyoj belgilaydi - namanganlik jurnalist Nosir Zokirning aytishicha, bozorda go‘sht hali ham 17-21 ming so‘m atrofida sotilayapti.

- Hech qachon qassoblarni ulug‘ ayyom kunida go‘shtni narxini tushiraylik¸ deganini ko‘rmaganman. Falon narsani falon narxda sotgin¸ deb bo‘lmaydi. Bu bozor, bozor buni hal qiladi. Mana hozirgina kelinim bozorga tushdi, mol go‘shti suyaklisi 17 ming, lahm go‘sht 21 ming so‘m, -deydi namanganlik jurnalist.

O‘zbekiston go‘sht narxida hatto Yevropa davlatlarini ham ortda qoldirdi.

Masalan, Chexiya poytaxti Pragada bugun supermarketlarda bir kilogramm suyaksiz go‘sht narxi 7,5-8 dollar, shariat qoidalari bo‘yicha maxsus do‘konlarda so‘yilgan mol go‘shtning o‘rtacha narxi esa 10 AQSh dollarga to‘g‘ri keladi.

Pragadagi shunday do‘konlarda qassoblik qiladigan andijonlik Rustamjon O‘zbekistonda go‘sht narxi oshgani sabablarini shunday izohlaydi.

- Oddiy dehqonchilik, fermerlik xo‘jaliklar bugungi kunda qisqarib ketgan. Mana men Chexiyada yurgan bo‘lsam¸ bu yerda bitta hayvonga 1-10 gektar yer ajratiladi. Bizdachi desangiz, hozir paxta ek, u qil bu qil deb, hayvonlarni yetishtirish uchun imkonlarni yetarli bermagan. Shunga hayvonlar bugungi kunda qimmatlab ketgan. Hayvon qimmat bo‘lsa, qassob nima qilsin? Aslida qassoblar ustiga ko‘p qo‘ymaydi, nari borsa ikki ming qo‘yadi”, - deydi Rustamjon.

Bir paytlar Andijonda qassoblik qilgan Rustamjon viloyat rahbarlari tomonidan go‘sht narxini majburiy tartibda tushirishga urinishlar avvallari ham bo‘lgani, ammo bir necha kun o‘tar-o‘tmas narx-navo ilgarigidek yuqori darajasiga chiqqanini eslaydi.

- Maxsus yarmarka qilib arzon go‘sht keltirib sotgan, bizni kliyentlarni o‘ldirish uchun. Lekin buni bir kun qiladi, ikki kun qiladi, tagi bo‘lmasa yana narx ko‘tariladi-da", - deydi Rustamjon.

Namanganliklarning aytishlaricha, bir necha kun ilgari Namangan shahrida go‘sht do‘konlarida hatto go‘sht yo‘qolib qolgan. Mahalliy qassoblarga ko‘ra, bo‘rdoqi mol narxi balandligidan mol so‘yib, go‘shtini hokim belgilagan narxda sotishdan zarar ko‘rishlari mumkin bo‘lgan, shuning uchun mol so‘yilmagan.

Joriy yilning may-iyul oylarida go‘sht narxi respublika bo‘yicha keskin ko‘tarildi. Poytaxt bozorlarida bir kilogramm go‘sht 20-22 ming so‘mdan, supermarketlarda esa 25 ming so‘mdan sotilyapti.
XS
SM
MD
LG