Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:44

NATO Liviya missiyasi mas‘uliyatni oldi


NATO bir hafta davom etgan muzokaralardan keyin Liviyadagi harbiy missiya uchun mas‘uliyatni AQSh yetakchiligidagi koalitsiyadan to‘liq o‘z zimmasiga olishga rozi bo‘ldi.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen ittifoq Liviyadagi barcha operatsiyalarni to‘liq boshqaradi, deya bayon qildi.

- NATO ittifoqchilari BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga ko‘ra Liviyada amalga oshirlayotgan harbiy operatsiyalarni boshqarishga qaror qildi. Maqsadimiz tinch fuqarolar va ular yashaydigan hudularni Qaddafiy rejimi hujumlari tahdididan himoya qilishdir. NATO rezolyutsiyaning barcha jihatlarni bajaradi,- dedi Rasmussen.

Rasmiylar qarorni amalga oshirish uchun 72 soatgacha vaqt talab qilinshi mumkin demoqda.

NATO bundan avval Liviya havo hududlarida parvozsiz zona rejimini saqlash va Qaddafiy hukumatiga joriy qilingan qurol embargosi buzilmasligini ta‘minlash mas‘uliyatini olgan edi.

Ayni paytda, kecha xalqaro kuchlar Qaddafiyning Tripoli va Sirt shaharlaridagi istehkomlariga havodan zarba bergani xabar qilindi.

Misrata shahrida esa isyonchilar Qaddfiyga sodiq kuchlar bilan to‘qnash keldi.

Undan avval isyonchilar Ras Lanuf va Brega shaharlarini egalladi.
XS
SM
MD
LG