Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:30

Nazarboyev Germaniyada operatsiya qilindi


Nursulton Nazarboyev ham Islom Karimov kabi Markaziy Osiyo mintaqasida uzoq yillardan buyon hokimiyat tepasida qolayotgan liderlardandir.
Nursulton Nazarboyev ham Islom Karimov kabi Markaziy Osiyo mintaqasida uzoq yillardan buyon hokimiyat tepasida qolayotgan liderlardandir.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Germaniyaning Hamburg shahrida jarrohlik amaliyotiga yotqizildi.

Bu haqda Reuters agentligi Germaniyada chiqadigan Bild tabloidiga tayangan holda xabar tarqatdi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, Germaniya shimolidagi Hamburg-Eppendorf tibbiyot markazida Nazarboyevning prostata bezi operatsiya qilingan.

“Jarrohlik amaliyotidan so‘ng Qozog‘iston prezidenti o‘zini yaxshi his qilayotgan”ini yozgan Bild nashri operatsiya tafsilotlari va buning nima uchun zarur bo‘lib qolganiga aniqlik kiritmagan.

Ayni paytda Hamburg-Eppendorf tibbiyot markazi matbuot kotibi mijozlar to‘g‘risidagi har qanday ma‘lumot sir tutilishini aytib, muxbirlarning bu haqdagi savollariga javob berishdan bosh tortgan.

Seshanba kuni qator ommaviy axborot vositalarida Nazarboyev Germaniyadagi eng yaxshi shifoxonalardan biri ekani, u qattiq qo‘riqlanayotgani, Qozog‘iston prezidenti xavfsizligining ta‘minlanishi Germaniya huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda amalga oshirilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

O‘tgan hafta Qozog‘iston rasmiylari davlat rahbarining qisqa muddatli ta‘tilga ketganini ma‘lum qilgandilar. Gazeta.ru savoliga kecha javob bergan Qozog‘istonning Germaniyadagi elchixonasi xodimi esa "Nursulton Nazarboyev ta‘tilda" ekanini, shu bois "u dunyoning istalgan mamlakatida bo‘lishi mumkin"ligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 71 yoshli Nursulton Nazarboyev 22 yildan buyon Qozog‘istonni boshqarib kelmoqda.

O‘z yurtida Elboshi deb siylanadigan Nazarboyev shu yilning 3 aprel kuni muddatidan avval o‘tkazilgan saylovda¸ Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra¸ 95 foizdan ko‘proq ovoz bilan yana 7 yilga prezidentlik lavozimiga qayta saylangan.

- Saylovda 90 foiz saylovchining ishtirok etgani va ulardan 90 foizdan ortig‘ining menga ovoz bergani G‘arb davlatlari uchun sensatsiya bo‘ldi, - degandi Nursulton Nazarboyev saylovning ertasiga (4 aprel kuni) so‘zlagan nutqida.

YeXHT rasmiylariga ko‘ra, Qozog‘istondagi so‘nggi prezidentlik saylovlari davomida jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilgan.
XS
SM
MD
LG