Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:38

Nazarboyev yana prezidentlikka nomzod bo‘ldi


Qozog‘istondagi hukmron Xalq demokratik partiyasi mamlakatning joriy prezidenti Nursulton Nazarboyev nomzodini yangi muddat prezidentlikka ilgari surdi.

Partiya qurultoyida Nazarboyev bunga rozilik bildirdi. Joriy prezidentlik muddati 2012 yilda tugaydigan Nursulton Nazarboyev referendum o‘tkazish g‘oyasidan voz kechib¸ buning o‘rniga mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishga chaqirgan edi.

Qozog‘istonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari 3 aprel kunga belgilandi.

Yanvar oyida Qozog‘istonning to‘lig‘icha hukmron partiya vakillari nazoratida bo‘lgan parlamenti Nursulton Nazarboyevning prezidentligi muddatini 2020 yilgacha uzaytirish maqsadida referendum o‘tkazish taklifi bilan chiqdi, keyinchalik Nazarboyev referendum taklifini rad etgan edi.
XS
SM
MD
LG