Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:15

"Novaya volna 2011": O'zbekistonlik xonandalar tanqid ostida


26-31 iyul kunlari Latviyaning Yurmala shahrida o'tgan nufuzli "Novaya volna 2011" yosh xonandalar konkursida O'zbekiston sha'nini himoya qilgan "Twins" duetining chiqishi tanqidlar ostida qoldi.

"Twins" dueti solistlari toshkentlik egizak opa-singil Yelena va Irina Dzolaslar besh kun davom etgan konkursda uch qo'shiq ijro etdilar: "Salma ya Salama", "Armonim" va "Veter". Konkurs so'ngida "Twins" dueti jami bo'lib 297 bal olib, 16 qatnashchi orasida 13-o'rinni egalladilar.

Egizaklarning konkursdan olinib YouTube saytiga qoyilgan chiqishlari bir qator sharhlar to'pladi. Sharhlarning aksar qismida yosh xonandalarning ijrosi tanqid qilingan.

- Qanday dahshat. Ular estrada qo'shiqlari konkursini arab raqsi musobaqasi bilan adashtirib yuborganga o'xshaydi. [Sahnadagi] harakatlari juda ham beadab va [sahna] kostyumlari O'zbekiston artistlariga to'g'ri kelmaydi. Qisqasi bu sharmandalik, deyiladi "Twins"ning "Salma ya Salama" qo'shig'iga kelgan sharhlarning birida.

Sharhlarni keltirishda muvozanatni saqlashga harakat qildik, biroq opa-singil Dzolaslarning chiqishini maqtagan sharh topa olmadik. Shu sabab, o'zbekistonlik yosh qo'shiqchilar haqida o'z fikrimizni yozmaylik-da, ular ijrosiga baho berishni sizning - aziz mushtariyning ixtiyotiga qoldiraylik.

"Twins" dueti - Salma ya Salama


"Twins" dueti - Veter


"Twins" dueti - Armonim


Yelena va Irina Dzolas Toshkent Farmasevtika Instituti talabalari. Konkurs saytida berilgan anketaga ko'ra, toshkentlik egizaklarning musiqiy ma'lumoti yo'q va "Novaya volna 2011" konkursi ular uchun birinchi ijodiy sinovdir.

Eslatamiz, "Novaya volna" xalqaro yosh xonandalar konkursi 2002 yildan beri o'tkazilib kelinadi va unda asosan Rossiya va sobiq Ittifoq davlatlaridan yosh qo'shiqchilar qatnashadi.
XS
SM
MD
LG