AQSHning Nyu-York shahrida 19-avgust kuni yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 16 yashar o‘zbekistonlik Umidjon Jo‘rayev vafot etdi. Bu haqda New York Post nashri xabar qildi.
Nashr qaydicha, elektron velosipedda ketayotgan o‘zbekistonlik o‘smir va uning ikki o‘rtog‘i Bruklin mavzeida yuk mashinasining tagiga kirib ketishgan.
Mahalliy politsiya hodisa dushanba kuni soat 16:00 lar atrofida sodir bo‘lganini bildirgan.
Hodisa ortidan 16 yashar Umidjon kasalxonada vafot etgan, uning 15 yashar do‘sti ahvoli barqaror ekani, avtohalokatning uchinchi ishtirokchisi esa jarohat olmagani aytilmoqda.
Xabarda haydovchi voqea joyini tark etmagani qayd etilgan. Uning hibsga olinib-olinmagani haqida ma’lumot yo‘q.