Линклар

Шошилинч хабар
15 октябр 2024, Тошкент вақти: 02:00

O‘shda markaziy bozor savdogarlari piketga chiqishdi


O‘sh shahrida piketga chiqqan markaziy bozor savdogarlari, 2024-yil 21-iyuli
O‘sh shahrida piketga chiqqan markaziy bozor savdogarlari, 2024-yil 21-iyuli

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida markaziy bozorning 50 chog‘li savdogari 21-iyul kuni avvalroq sel yuvib ketgan bozorni ko‘chirish muddatini uzaytirish talabi bilan piketga chiqishgan.

Ozodlikning qirg‘iz xizmati muxbiri xabariga ko‘ra, savdogarlar mitingga “Xalq ovozini eshiting!”, “Bizga joy tayyorlab bering” va boshqa plakatlar bilan chiqishgan. Ular bozor ko‘chirilishiga qarshi emasliklarini, biroq rasmiylardan avvalgi joyda yana bir-ikki oy ishlashga ruxsat berishni so‘rashayotganini bildirishgan.

Markaziy bozorda o‘tkazilgan piketdan so‘ng savdogarlar O‘sh shahar hokimligi binosiga yo‘l olishgan. Ular bunday talab bilan 20-iyul kuni ham norozilik aksiyasini o‘tkazishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 14-iyul kuni O‘shda kuzatilgan shiddatli jala tufayli Oqbura daryosi qirg‘og‘idan toshib chiqqan, buning oqibatida shahar markaziy bozori va daryo qirg‘og‘idagi obyektlar suv ostida qolgan edi. Sel toshqini natijasida besh kishi qurbon bo‘lgan, ulardan to‘rt nafari bitta oila a’zolari bo‘lishgan.

20-iyul kuni O‘sh shahar hokiimiyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda markaziy bozor Japalaq hududiy boshqarmasi hududiga ko‘chirilishi ma’lum bo‘lgan. O‘sha paytda seldan zarar ko‘rgan savdogarlarga 100 ming so‘mdan (taqriban 1180 AQSH dollari) yordam puli berilajagi aytilgan.

O‘sh shahri hokimining o‘rinbosari Mars Isayev 22-iyul kuni hozirda hech kim markaziy bozor savdogarlari ishiga to‘sqinlik qilayotganini bildirdi. Mulozimga ko‘ra, sel oqibatlarini bartaraf qilish chog‘ida bozor chiqindi va loydan tozalangan hamda bozorning suv bosishiga sabab bo‘lgan noqonuniy obyektlarni buzish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

“Yangi bozor ikki oy davomida to‘liq qurib bitkaziladi va markaziy bozor yangi munitsipal bozorga ko‘chiriladi. Yangi bozor qurilishi tugaguniga qadar savdogarlar eski joylarida ishlashda davom etishlari mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan vitse-mer Mars Isayev.

XS
SM
MD
LG