Линклар

Шошилинч хабар
15 октябр 2024, Тошкент вақти: 05:10

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi “Qorasuv” chegara maskani qayta ochildi


O‘sh viloyatidagi "Qorasuv" nazorat-o‘tkazish maskani, 2024-yil 12-sentyabri
O‘sh viloyatidagi "Qorasuv" nazorat-o‘tkazish maskani, 2024-yil 12-sentyabri

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida 14 yil davomida yopiq turgan “Qorasuv” nazorat-o‘tkazish maskani 12-sentyabr kuni qayta ochildi.

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, endilikda bu yerdan kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqaro o‘tib-qaytishi mumkin.

Qo‘mita xabarnomasida 3 gektardan ziyod maydonga ega bo‘lgan “Qorasuv” chegara maskani orqali yo‘lovchilar asosan yopiq inshootlar bo‘ylab harakatlanishishi, postda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tezkor va samarali amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgani qayd etilgan.

Postning ochilishi qo‘shni davlat fuqarolari uchun ham bir qator qulayliklarni yuzaga keltirishini ta’kidlagan bojxona qo‘mitasi “Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatidan Jalolobod viloyatiga o‘tish uchun shu vaqtga qadar 120 km masofa bosib o‘tilgan bo‘lsa, endi ushbu masofa 101 kilometrga qisqarib, O‘zbekiston hududi bo‘ylab tranzit tarzida atigi 19 kilometr harakatlanish kifoya” ekaniga e’tibor qaratgan.

Avvalroq O‘sh shahri yaqinidagi “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish maskanida vaqti-vaqti bilan turnaqator navbatlar kuzatilgani, bu fuqarolar noroziligiga sabab bo‘lgani xabar qilingan edi.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida umumiy hisobda 15 chog‘li nazorat-o‘tkazish maskani bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Qirg‘izistonda 2005-yil martida kuzatilgan voqealar ortidan O‘zbekiston tomonidan bir tomonlama yopib qo‘yilgan edi. Payshanba kuni ochilgan “Qorasuv” NO‘P esa 2010-yildagi voqealar paytida tamoman yopilgan.

O‘zbekistonda avvalgi prezident Islom Karimov vafoti ortidan 2016-yilda Shavkat Mirziyoyev iqtidorga kelganidan keyin Toshkent bilan Bishkek o‘rtasida aloqalar iliqlasha boshlagan va o‘shandan beri ikki davlat o‘rtasida yopiq turgan bir necha NO‘P ochilgan edi.

XS
SM
MD
LG