O‘zbekistonda joriy yilning 9 oyida davlat byudjeti daromadlari 186,3 trillion so‘mni, xarajatlari esa 223,7 trillion so‘mni tashkil etgan. Shu tariqa taqchillik 37,3 trillion so‘mdan oshib ketgan. Bunga Iqtisodiyot va moliya vazirligining hisobotini o‘rgangan “Kun.uz” nashri e’tibor qaratdi.
Vazirlik ochiqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, sentyabr oyida davlat byudjeti daromadlari 26 trillion 665 milliard so‘mni, xarajatlari esa 27 trillion 136 milliard so‘mni tashkil qilgan. Demak, birgina sentyabr oyida daromad va xarajat o‘rtasidagi salbiy tafovut 471 milliard so‘mga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunda daromadlar 270,4 trillion so‘mni, xarajatlar esa 280,7 trillion so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan edi.
Butunjahon Oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston 11 tonna oltin sotib, bu qimmatbaho eksporti bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagan. Iqtisodiy tahlilchilar hukumat byudjet defitsitini yopish uchun ko‘proq oltin sotayotganini aytishgan.