Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:34

O‘zbekistonda qazib olinayotgan gaz hajmi qisqarib bormoqda


O‘zbekistondagi gaz stansiyalaridan biri (arxiv surati)
O‘zbekistondagi gaz stansiyalaridan biri (arxiv surati)

Joriy yilning yanvar oyida iyuligacha O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 1 milliard 316 million kub metrga (4,8 foizga) qisqargan. Statistika agentligi tomonidan kuni kecha e’lon qilingan hisobotga muvofiq, o‘tgan yetti oy ichida respublikada qazib olingan gaz hajmi 26 milliard 151 million 400 ming kub metrga teng bo‘lgan, vaholanki o‘tgan yilning shu davrida 27 milliard 467 million 800 ming kub metr gaz qazib olingan edi.

Agentlik hisobotiga e’tibor qaratgan Kun.uz nashri mamlakatda gaz ishlab chiqarish oylar parallelida ham kamayib borganini ko‘rsatib o‘tgan.

Nashr 2022-yilda ham gaz qazib olish 53,8 milliard kub metrdan 51,67 milliard kub metrgacha yoki 4 foizga, 2023-yilda esa 51,67 milliard kub metrdan 46,71 milliard kub metrgacha yoki 9,6 foizga qisqarganini eslatgan.

Kun.uz gaz qazib olishning qisqarib borishi manzarasida mamlakatga import qilinayotgan gaz hajmi ortib borayotgani, xususan, yanvar-iyun oylarida 984 million dollarlik gaz sotib olingani, bu esa 2023-yilning shu davrida import qilingan gaz uchun to‘langan puldan 5 baravar ko‘pligini qayd etgan.

O‘z navbatida umumiy davr uchun gaz eksporti 5,6 foizga yoki 323 mln dollargacha qisqargan. Ammo oxirgi oylarda gaz sotish hajmi oshib boryapti. Xususan, birgina iyun-iyul oyida 263 mln dollarlik gaz eksport qilingan”, deyilgan nashr xabarida.

Ozodlikning shu yil aprel oyida yoyinlangan “Kuyov halqasi”: Gazdan pul qilishning korrupsion sxemasi surishtiruvida hozirga kelib 1 trillion kub metrdan ko‘proq gaz zahiralariga ega O‘zbekiston Rossiyadan yiliga 2,8 milliard kub metr gaz sotib olaëtgan, Kremlning siyosiy quroli - “Gazprom”ga qaram davlatga aylangani haqida so‘z borgandi.

Mazkur jurnalistik surishtiruvda gaz importi degan iddao bilan O‘zbekistonda soliq to‘lovchi hisobidan olingan yuzlab million dollar qanday sxemalar orqali kimlarning cho‘ntagiga ketayotganini fosh qilingandi.

XS
SM
MD
LG