Линклар

Шошилинч хабар
09 октябр 2024, Тошкент вақти: 21:16

O‘zbekistonda yana bir bloger 7 yil-u 6 oyga qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonlik bloger va “Ezgulik” jamiyati faoli Murod Maxsudov Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tumani sudining 4-iyundagi hukmi bilan 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi. Tashanovga ko‘ra, Maxsudov yopiq sud majlislarida o‘zining haqligini isbotlashga ko‘p uringan.

Huquq faoli tarqatgan ma’lumot keyinroq “Toshkent shahar sudlari” telegram-kanali orqali rasman tasdiqlangan. Xabarnomada Murod Maxsudov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandi va 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgani qayd etilgan.

Sud hukmiga muvofiq, bloger tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi lozim.

Mahalliy qonunchilikka muvofiq, Maxsudov sud hukmi nusxasini olgan kunidan boshlab o‘n sutka ichida Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida, hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng kassatsiya tartibida shikoyat qilishga va protest bildirishga haqli. Blogerning bu huquqdan foydalanish niyati bor-yo‘qligi hozircha ma’lum emas.

XS
SM
MD
LG