Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:17

Obama bin Ladin o‘ligi tushirilgan rasmlarni oshkor qilmaydi


Bin Ladin o'ldirilganligi haqidagi xabardan so'ng Internetda paydo bo'lgan bin Ladin jasadi deyilayotgan surat sohtaligi aniqlangan edi.
Bin Ladin o'ldirilganligi haqidagi xabardan so'ng Internetda paydo bo'lgan bin Ladin jasadi deyilayotgan surat sohtaligi aniqlangan edi.
AQSh Prezidenti Barak Obama Usama bin Ladinning o‘ligi tasvirlagan suratlarni e‘lon qilish niyatida emas. Oq uy matbout vakili Jey Karniga ko‘ra, Obama milliy xavfsizlik kengashi a‘zolari bilan maslahatlashib, Al-Qoida yetakchisi o‘ldirilganidan keyin olingan rasmlarni oshkor qilmaslikka qaror qilgan.

CBS News kanaliga bergan intervyusida Karni AQSh rahbari bu rasmlar “adovat qo‘zg‘atish yoxud tashviqot maqsadlarida ishlatilmasligi uchun” ularning omma orasida tarqalmasligi muhim, degan qarorga kelganini ta‘kidladi.

- Bu rasmlarda ko‘zidan, aniqrog‘i boshidan o‘q yegan odam tasvirlangan. Shuning uchun o‘tmishda bo‘lgani kabi, bu rasmlarning Qo‘shma Shtatlarga qarshi g‘oyalarni targ‘ib qilish ramziga aylanishi milliy xavfsizlik manfaatlarimizga to‘g‘ri kelmaydi. Prezident uchun eng ustuvor masala mamlakat ichida va tashqarisida Amerika fuqarolarining xavfsizligini ta‘minlashdir. Usama bin Ladin shaxsini aniqlash uchun bu rasmilarni e‘lon qilishga ehtiyoj yo‘q va prezident ularni oshkor qilish uchun boshqa asoslarni ko‘rmadi.

CBS telekanalining o‘z Internet saytida ma‘lum qilishicha, Obama yakshanba kuni efirga chiqadigan “60 daqiqa” ko‘rsatuviga bergan intervyusida bin Ladin jasadi tushirilgan rasmlarni oshkor qilmasligini aytgan.

Bin Ladin mayiti suratlarini ko‘rgan AQSh rasmylari ularni “qo‘rqinchli”, deya tasvirladi.

Ayni paytda AQSh Bosh prkurori Erik Holder bin Ladin qonunan harbiy nishon bo‘lgan, deya bayon qildi.

Chorshanba kuni Senatning Adliya qo‘mitasida qilgan chiqishida bosh prokuror bin Ladin taslim bo‘lish niyatida bo‘lmagani va uning o‘ldirilishi “milliy xavfsizlik manfaatlarida qilingan harakat” ekanini ta‘kidladi.

“Agar u, ya‘ni bin Ladin taslim bo‘lganida yoki taslim bo‘lishga harakat qilganida, menimcha, shubhasiz, buni qabul qilishimiz kerak bo‘lar edi”, deya qo‘shimcha qildi Holder.
XS
SM
MD
LG