Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:05

Obama¸ Klinton musulmonlarga Ramazon tabrigi yo‘lladi


AQSh prezidenti Barak Obama muborak Ramazon oyi boshlangani munosabati bilan jahon musulmonlariga tabrik yo‘lladi.

Oq uy e‘lon qilgan tabrikda Obama¸ Ramazonning kambag‘al-nochorlar bilan hamdardlik nechog‘li muhimligidan eslatma ekanini ayta turib¸ jahon ahlini Somali kabi qurg‘oqchilik va ochlikdan aziyat chekayotgan Afrika xalqlariga xayriya yo‘llashga chaqirdi. BMT mutaxassislari bu mintaqada ayni kunlarda o‘n minglab odamning ochlikdan qirilib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Ayni paytda¸ alohida bayonot e‘lon qilgan AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton Suriya rejimining o‘z xalqini hatto muborak Ramazonning ilk kunida ham qirg‘in qilganini qoraladi.

“Duo-ibodat va oilaviy birdamlik vaqti bo‘lmish Ramazonning ilk kunida biz Suriyada o‘ldirilgan begunoh insonlar¸ xususan bolalar o‘limiga motam tutmoqdamiz”¸ deyiladi Klinton e‘lon qilgan bayonotda.
XS
SM
MD
LG