Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:08

Obama Qarzaydan uzr so‘radi


AQSh prezidenti Barak Obama may oyida Helmand viloyatida aviahujumlarda tinch aholi vakillari nobud bo‘lgani bois Afg‘oniston prezidenti Hamid Qarzaydan uzr so‘radi.

Helmand viloyatiga aviazarbalarni xalqaro koalitsiya qo‘shinlari amalga oshirgan edi.

O‘tgan hafta Afg‘oniston prezidenti Hamid Qarzay o‘z aviazarbalari bilan tinch aholi vakillarini nobud qilaëtgan NATO qo‘shinlarini tanqid qilgan va ularning bu ishlari Tolibon mavqeini mustahkamlaëtganini ta‘kidlagan edi.

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, aviazarbalar paytida 14 kishi o‘lgan. NATO qo‘mondonligi esa o‘lganlar soni 9 kishi ekanini aytib, zarbalar nishoni janggarilar bo‘lganini urg‘ulaydi.

Oq uy matbuot kotibi Jey Karniga ko‘ra, chorshanba kuni AQSh va Afg‘oniston prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan videomuloqot chog‘ida mintaqa xavfsizligi masalasi ko‘rilgan:

- Ikki davlat prezidentlari Afg‘onistondagi xavfsizlik nazoratini mahalliy xarbiylarga topshirish masalasini muhokama qilishdi. Ular bu yuzadan maslahatlashuvni yana davom ettirishga kelishishdi. AQSh prezidenti Afg‘oniston yetakchisi bilan doimiy yaqin muloqotda bo‘lajagini bildirdi. Biz Amerikaning Afg‘onistondagi harbiy hozirligini qisqartirish borasidagi shu yilning iyulida boshlanadigan tadbir muhokamasini yakunladik, - dedi Oq uy matbuot kotibi Jey Kerni.
XS
SM
MD
LG