Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 21:14

OCCRP: Alisher Qodirov Dubayda 8 mln dollarlik mulkka ega


Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tadqiq etish markazi (OCCRP) ekspertlari Dubai Unlocked loyihasi doirasida O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning o‘g‘li Alisher Qodirov Dubayda umumiy qiymayti qariyb 8 million AQSH dollariga teng ko‘chmas mulkka egalik qilishiga oid hujjatlarni qo‘lga kiritishgan.

OCCRP hujjatlariga muvofiq, Alisher Qodirovning “Marina Plaza”da to‘rtta ofisi bor. Ulardan har biri 1,9 million dollardan 2,1 million dollargacha baholangan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi 2018-yili ta’magirlik va tovlamachilikda gumonlanayotgan Alisher Qodirovga nisbatan qidiruv e’lon qilgan edi.

Karimov davrida 15 yil davomida O‘zbekiston bosh prokurori lavozimida ishlagan Rashidjon Qodirov 2018-yil 22-fevralida hibsga olinib, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi qarori bilan 2019-yil 26-iyunida 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. U poraxo‘rlik, pora berishda vositachilik qilganlik, tovlamachilik, soliq to‘lashdan bosh tortganlik va jinoiy daromadlarni mashrulashtirish kabi jinoyatlarda aybdor deb topilgan.

OCCRPning Dubai Unlocked loyihasi Dubaydagi qimmatbaho ko‘chmas mulk sohiblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiqlab keladi. 70 dan ortiq mamlakat jurnalistlari Dubaydagi minglab ko‘chmas mulk obyekti haqida sizgan ma’lumotlarni tahlil qilib chiqishgan. Hujjatlar ko‘proq 2020 va 2022-yillardagi oldi-sotdilarga aloqador.

Umuman olganda, bu tadqiqot Birlashgan Arab Amirliklaridagi bu yirik shahar qanday qilib hukumatlar, davlat korporatsiyalari va jinoyat olamiga aloqador odamlar doxil yuzlab kishining pul yotqizishi uchun qulay joyga aylanganini ko‘rsatib bergan.

“Tadqiqot “qahramonlar”i shaxsini tasdiqlatish uchun bir necha oy ketdi”, deya urg‘ulashgan loyiha mualliflari.

XS
SM
MD
LG