Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:37

Odil Ahmedov "Anji" klubiga o'tdi


O'zbekiston milliy terma jamoasining yarim himoyachisi Odil Ahmedov xitoylik hujumchi Gao Linga qarshi to'p uchun kurashmoqda. "A" guruhida Xitoy bilan bo'lgan o'yinda Odil Ahmedov gollarning biriga mualliflik qilgan.
O'zbekiston milliy terma jamoasining yarim himoyachisi Odil Ahmedov xitoylik hujumchi Gao Linga qarshi to'p uchun kurashmoqda. "A" guruhida Xitoy bilan bo'lgan o'yinda Odil Ahmedov gollarning biriga mualliflik qilgan.
Q'zbekiston milliy terma jamosi a'zosi va poytaxtning "Paxtakor" futbol komandasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Maxachkalaning "Anji" futbol klubiga o'tgani haqidagi xabarlar tasdiqlandi. Ahmedov bugun tibbiy ko'rikdan o'tgandan so'ng "Anji" bilan shartnoma imzolaydi.
Xalqaro Futbol Uyushmasining (FIFA) 2011 yil reytingida O'zbekiston 77 o'rinni egalladi. 2010 yili O'zbekiston 108 o'rinda edi.

Yanvar oyida Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida o'z mahoratini ko'rsata olgan Odil Ahmedovga Osiyo va Yevropaning bir qator futbol klublari qiziqish bildirayotganligi aytilayotgan edi. Qatarning "Al-G'arafa" futbol klubi Ahmedov uchun 12 million evro to'lashlikga rozi ekanligi haqida ham xabarlar bor edi. Biroq Odil Ahmedovning "Anji"ga necha pulga o'tgani bo'yicha aniq ma'lumot yo'q.

Eslatamiz, illiy terma jamoamizda 9 raqam ostida to'p suradigan Odil Ahmedov Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida bir-biridan chiroylik ikki go'lga mualliflik qilgan edi.
XS
SM
MD
LG