Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:19

Odil Ahmedov "Anji"da Samuel Eto'o bilan birga o'ynaydi


Samuel Eto'o "Inter" jamoasi tarkibida Qozonning "Rubin" jamoasiga qarshi o'yinda.
Samuel Eto'o "Inter" jamoasi tarkibida Qozonning "Rubin" jamoasiga qarshi o'yinda.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov endi taniqli futbolchi Samuel Eto'o bilan birga to'p suradi. Negaki, Ahmedov a'zo bo'lgan Maxachqal'aning "Anji" futbol klubi Eto'oni "Inter"dan sotib olmoqda.

Mashhur kamerunlik futbolchi Samuel Eto'oning "Anji" klubiga o'tishi katta shov-shuvga sabab bo'layotgan edi. Navbatdagi "mish-mish" deya qaralayotgan bu transferning "g'irt rostligi" kuni kecha "Inter" va "Anji" klublari tarafidan tasdiqlandi. Bugun, 12 avgust kuni transfer narxi aniqlanishi aytilmoqda. Kuzatuvchilarga ko'ra, transfer bahosi 27-28 million evro atrofida bo'lishi mumkin.

"Barselona", "Real Madrid", "Espanyol" va "Malyorka" kabi dong'i ketgan klublarda to'p surgan Samuel Eto'oning Rossiya premyer-ligasidagi "Anji"ga o'tishini mutahassislar uning yoshi bilan bog'lamoqdalar. Eto'o hozir 31 yoshda va uning yulduzli onlari ortda qolib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, "Anji" tarkibida 38 yoshli braziliyalik afsonaviy futbolchi Roberto Karlos ham o'ynaydi.

Samuel Eto'oning ismi o'zbek futbol ishqibozlariga yot emas. Uning 2008 yili O'zbekistonga qilgan tashrifi o'zbek futbolchi va ushbu sport muhlislariga katta sovg'a bo'lgan edi. O'shanda 25 million evro evaziga Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubida o'ynash taklifini rad qilgan Eto'o murabbiy Joze Maurinyo rahbarligidagi "Inter Milan" klubiga o'tib ketgan edi.

O'ylaymizki Samuel Eto'oning "Anji" klubiga o'tishi Odil Ahmedovning mahoratini o'shishiga va shu orqali o'zbek futbolining rivojlanishiga katta hissa qo'shadi.
XS
SM
MD
LG