Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:43

Odil Axmedov: Angliyaning "Arsenal"i menga qiziqish bildirayotgani rost


O'zbekiston term jamoasi yarim himoyachisi Odil Axmedov Xitoy terma jamoasi hujumchisi Gao Linga qarshi to'p uchun kurashmoqda. Qatar, 2011.
O'zbekiston term jamoasi yarim himoyachisi Odil Axmedov Xitoy terma jamoasi hujumchisi Gao Linga qarshi to'p uchun kurashmoqda. Qatar, 2011.
Ayni damda Rossiya premyer-ligasining "Anji" (Maxachqala) futbol klubida to'p surayotgan yurtdoshimiz Odil Axmedov unga Angliyaning "Arsenal" klubi qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlar rostligini aytdi.

"Ha, Angliyaning "Arsenal" klubi menga qiziqish bildirayotgani rost. Hozir men bu klubning skautlari [skautlar - yangi iqtidorlarni izlovchilar tahr.] kuzatuvi ostidaman. Ular mening har bir o'yinimni sinchikovlik bilan kuzatib borishmoqda. Agar men "Arsenal"ga o'tib qolsam, bu nafaqat mening, balki butun o'zbek futbolining yutug'i bo'ladi, - deb Odil Axmedovdan iqtibos keltiradi RIA Novosti axborot agentligi.

Eslatamiz, Axmedovning "Arsenal"ga o'tib qolishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonovning bundan bir necha hafta oldin bergan ma'lumoti sabab bo'lgan edi.

O'zbekiston terma jamoasining yarim himoyachisi Odil Axmedov ayni damda Maxachqalaning "Anji" klubida taniqli braziliyalik futbolchi Roberto Karlos bilan birga to'p surmoqda. Shu yili Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida ko'rsatgan yuqori natijasidan so'ng Odil Axmedov Toshkentning "Paxtakor" klubi tarafidan "Anji"ga bir yilga ijaraga berilgan edi.

23 yoshli Ahmedov O'zbekiston terma jamoasi safida 38 marotaba maydonga tushgan va ularda olti gol urishga muvaffaq bo'lgan.

O'zbekiston terma jamoasining Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida birinchi to'rttalikga kirishida Axmedovning hissasi oz emas.

Odil Axmedov 2009 yili O'zbekistonda yil futbolchisi maqomini olgan edi.
XS
SM
MD
LG