Линклар

Шошилинч хабар
04 октябр 2024, Тошкент вақти: 05:22

Oliy sud “aksilsovetcha faoliyat”da ayblangan 198 kishini oqladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston Oliy sudi 6-may kuni o‘n bitta jinoyat ishi bo‘yicha o‘tgan asrning 20-30-yillarida kommunistik rejim tomonidan qatag‘on qilingan 198 nafar kishiga nisbatan oqlov hukmlarini chiqardi. Oqlanganlarning to‘liq ro‘yxati Oliy sud saytida keltirilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlari hududlarida “aksilinqilobiy maqsadlardagi harakatlar va qurolli qo‘zg‘olonlar, terrorchilik, banditizm va shpionaj, bosmachilik harakatida ishtirok etganlik va aksilsovet faoliyatini amalga oshirganlikda” ayblangan bu shaxslar qariyb bir asr muqaddam kommunistlar qatag‘oniga uchragan edi.

“Shu asnoda adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga chiqmay kelgan haqiqat tantana qildi. Mustaqillik yo‘lida fidokorona kurash olib borgan, hatto o‘z jonini fido qilgan qatag‘on qurbonlarining pok nomlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi”, deyilgan Oliy sud xabarnomasida.

Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU) qoshidagi Uchlik kengashlari qarorlari bilan “mustabid tuzum davrida nohaq ayblangan, mol-mulki musodara etilib, o‘zlari quvg‘in-u qatag‘onga duchor etilgan” kishilar ishining sud tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 8- oktyabridagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida amalga oshirilmoqda.

Oliy sud ma’lumotiga ko‘ra, bungacha sovet davrida qatag‘on qilingan 1 ming 31 nafar kishi reabilitatsiya qilingan.

XS
SM
MD
LG