Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:23

Olmaota yaqinida zilzila ro‘y berdi


Yakshanba kuni Qozog‘iston sharqida zilzila ro‘y berdi.

Rixter o‘lchovi bo‘yicha 5,4 ballni tashkil qilgan yer silkinishi epimarkazi Olmaota shahridan 70 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgani aytilmoqda. Zilzilada talafotlar bo‘lgani xabar qilinmadi.

Reyters agentligining Olmaotadagi muxbirlari shahardagi binolar bir necha soniya davomida silkinib turganini xabar qilishdi.

Yuz yil avval ro‘y bergan zilzilada Olmaota shahrining katta qismi vayron bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG