Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:55

Open Budget doirasida yana 177 ta loyiha moliyalashtiriladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

“Tashabbusli budjet”ning 2024'yildagi 2-mavsumi yakunlari bo‘yicha yuqori ovoz to‘plagan, biroq g‘olib bo‘lolmagan yana 177 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumot tarqatdi.

Vazirlik qaydicha, Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 56 ta loyiha, loyiha qiymatining 20 foizigacha mablag‘ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha hamda mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 96 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan.

Mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Avvalroq Ozodlik 31-avgust kuni “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yildagi 2-mavsumi yakuniga ko‘ra O‘zbekiston bo‘ylab 1772 ta loyiha g‘olib deb topilgani, ularga 2 trillion 139 milliard so‘m miqdorida mablag‘ berilishi ko‘zda tutilgani haqida xabar qilgan edi.

O‘sha paytda ikkinchi mavsumda ovoz berishga qo‘yilgan 23 ming 318 ta loyiha uchun jami 9 million 81 ming 610 ta ovoz berilgani qayd etilgandi.

XS
SM
MD
LG