Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:28

Orqadog‘dan "tuhfa": Turkman faxriylari 9 - may sovg‘asi uchun pul to‘laydi


Turkmanistonlik urush faxriylari - Ashxobod, may, 2018
Turkmanistonlik urush faxriylari - Ashxobod, may, 2018

Turkmanistonda hukumat Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylarini ularning o‘zlari uchun sovg‘a-salom sotib olishga majbur qildi. Sovg‘alar ularga mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nomidan topshiriladi. Bu haqda Ozodlik radiosi turkman xizmati — Azatlik radiosi xabar qilmoqda.

Urush va mehnat faxriylaridan pul mamlakat sharqidagi Lebap viloyatining Farap etapida yig‘ib olingan. Pul yig‘ish amaliyoti ketma-ket ikkinchi marta kuzatilmoqda, deya qayd etgan Azatlik radiosi. Pul nima maqsadda yig‘ilayotgani haqida rasmiy izoh berilmagan.

Mamlakatda hali hayotda bo‘lgan veteranlar soni haqidagi ma’lumotlar jamoatchilik uchun ochiq emas. Ulug‘ Vatan urushi va front orti mehnat veteranlari maqomi mahalliy qonunchilik bilan belgilangan. Qoidalar front orti mehnat veteranlari 90 yoshdan, urush veteranlari esa 94 yoshdan kichik bo‘lmasligi kerakligini nazarda tutadi.

Nomi sir tutilgan manbalarning tasdiqlashicha, faxriylarni taqdirlash uchun sotib olingan sovg‘alar yig‘ib olingan pul miqdoriga mutanosib emas, chunki davlat idoralari to‘plangan mablag‘ning yarmini boshqa ehtiyojlarga sarflab yuborgan.

2020 - yilda ham veteranlar davlat tomonidan topshirilgan mukofotlar uchun o‘z yonlaridan haq to‘lashga majbur bo‘lishgan edi.

Туркманистонда «Хизмат кўрсатган итбоқар» ва «Халқ итбоқари» унвонлари таъсис этилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:07 0:00

XS
SM
MD
LG