Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:00

O‘rxon Jamol: "O‘zbek muxolifatiga ishonchim yo‘q"


O‘rxon Jamol O‘zbekistondagi vaziyatni xalq o‘zgartira oladi, lekin hozircha xalq bunga tayyor emas, deya hisoblashini aytadi.
O‘rxon Jamol O‘zbekistondagi vaziyatni xalq o‘zgartira oladi, lekin hozircha xalq bunga tayyor emas, deya hisoblashini aytadi.
“Novosti Uzbekistana” gazetasining AQShdagi muxbiri Aydin Gudarzi “Dojd” telekanalining harbiy sharhlovchisi O‘rxon Jamolni “intellektual jihod” va “Islom xalifaligi” g‘oyalarini targ‘ib etishda aybladi. Rasmiy gazeta muxbiri Gudarzi bu haqda 12.uz saytida chop etilgan maqolada yozdi. Ozodlik Radiosi o‘zini “islom jurnalisti”, deb ataydigan va rossiyalik boshqa sharhlovchilardan keskin qarashlari bilan ajralib turadigan O‘rxon Jamolni suhbatga tortdi.

Aydin Gudarzi o‘zining “Axborot urushlarida” Kim, kimni va qanday...” to‘g‘risidagi ayrim mulohazalar” maqolasida O‘rxon Jamolni sobiq Ittifoq mamlakatlarida Islom halifaligi g‘oyalarni targ‘ib etuvchi “islomchi-provokator” deb atadi.

Ozodlik bilan suhbatda harbiy sharhlovchi O‘rxon Jamol terrorchilik, islomlashish va O‘zbekistondagi bugungi siyosiy vaziyat haqida so‘zladi.

“Gudarzi maqolasida sizni sobiq Ittifoq davlatlarida Islom halifaligini tuzish uchun “so‘z jihodini” boshlaganlikda aybladi. “So‘z jihodi”, “intellektual jihod” tushunchalarining mazmun-mohiyati nimadan iborat?” degan savolimizga O‘rxon Jamol shunday javob berdi.

- Bu Islom jihodining fisq, bilimsizlik va nafsu-nopoklikka qarshi kurashdan iborat uch rasmiy darajasiga qarashli g‘oyalardir. Unga binoan insonlar bu illatlarga qarshi qo‘l bilan, kuch bilan kurashish imkoniyatiga ega bo‘lmagan hollarda so‘z bilan kurashmoqlari zarur. Agar hatto shunday kurashishga imkon topa olmasalar – o‘z yuraklarida buni qoralamoqlari kerak. Agar Aydin Gudarzi musulmon bo‘la turib na qo‘l va na so‘z bilan kurashayotgan bo‘lsa, hech bo‘lmaganda yuragida kurash bo‘layotganiga umid qilaman,- deydi O‘rxon.

Harbiy sharhlovchi terrorchilikka oid o‘z qarashlari ham borligini aytar ekan, bu hodisa jamiyat a‘zolarining u yoki bu masalaga oid qarashlarning keskin ifodasidir, deydi.

- Terrorchilikning o‘zi mohiyat emasdir. Agarda biror odam qolganlarni qo‘rqitish yoki o‘z halovati uchungina qonli aksiyalarni uyushtirayotgan bo‘lsa, demak u ruhiy noqis odamdir va uni davolash kerak yoki davolanmasa jamiyatdan ajratib qo‘ymoq kerak. Gap shundaki, terrorchilik mohiyatan kurash usuli, turli g‘oyalarni ifodalash usuli. Tarixdan ma‘lumki, turli davrlarda turli jamiyatlarda shu yo‘l bilan muayyan qatlam o‘z xohish-istaklarini namoyon qilib kelgan. Hatto, masalan, norvyegiyalik qotil Breyvik turli g‘oyalar aralashmasidan iborat dastur yordamida nafaqat musulmonlarning Yevropada paydo bo‘lishi, balki Isroilning Falastinga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlagan, abort va homoseksualizmga rasman ruxsat berilishini talab qilgan. Oroldagi otishmalar orqali u Yevropaning islomlashishiga qarshi bo‘lganini namoyish qildi, - deydi jurnalist.

O‘rxon Jamol O‘zbekiston muxolif kuchlarining faoliyatiga oid o‘z tanqidiy mulohazalarini ham keltirdi. “O‘zbek muxolifati ishlab chiqqan kurash rejasining amalga oshishiga shubhalarim bor”, deydi u.

- O‘zbekistonda oddiy saylovlar kabi usullar yordamida vaziyatni o‘zgartirish mumkinligiga ishonmayman. O‘zbekistondagi vaziyatni turli siyosiy texnologiyalar, “tinchlik protesti” va neogandizm kabi g‘oyalar yordamida o‘zgartirish mumkinligiga ham ishonmayman. Shu sababli O‘zbekistonda vaziyat ichki inqiroz boshlanganidan keiyn yoki ommaviy xalq qo‘zg‘oloni oqibatida o‘zgarishi mumkin. Lekin u yerda hozir na unisi, va na bunisi kuzatiladi. Ayniqsa bugun o‘zbek muxolifatining bunga boshchilik qila olishiga ishonchim yo‘q,- deya xulosa qildi O‘rxon Jamol.

O‘rxon Jamol – rossiyalik jurnalist, “Dojd” telekanalining harbiy tahlilchisi, Kavkaz va Markaziy osiyo bo‘yicha ekspert. Moskvada 1966 yilda tug‘ilgan. Taniqli siyosatshunos va Rossiya Islom qo‘mitasi raisi Geydar Jamolning o‘g‘li. “Rossiya musulmon jurnalistlari ittifoqi”ning asoschilari va yetakchilaridan biri.
XS
SM
MD
LG