Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:44

O‘sh qirg‘ini bois sepsiz kelin bo‘lib qolgan Odinaxon hikoyasi


Odinaxon kabi sepsiz kelinlarning 80 foiziga yaqini ota uyiga qaytgan, deydi Abdufattoh Fozilov.
Odinaxon kabi sepsiz kelinlarning 80 foiziga yaqini ota uyiga qaytgan, deydi Abdufattoh Fozilov.
O‘sh qirg‘inidan keyingi sarosimada turmushga berilgan va tez orada ota uyiga qaytgan o‘zbek qizlari ko‘p.

O‘sh qirg‘inini boshdan kechirib, ming azobda omon qolgan va yana to‘polon boshlanib ketsa, ko‘plab o‘zbek qizlari kabi, jinsiy tajovvuzga uchrashidan qo‘rqqani uchun birgina bo‘g‘cha bilan qizini uzatgan o‘shlik oilalar haqida davra suhbati o‘tkazgan edik.

Bu holat yana bir karra o‘zbek millatida qizga munosabat, jamiyat, millat taqdirida kechayotgan turli voqea-hodisalarning, ayniqsa qizlar taqdirid aks etishini ko‘rsatadi.

Muxbirimiz 3 qizini uch kun ichida 2 kilodan go‘shtning oshiga uzatishga majbur bo‘lgan o‘shlik Abdufattoh Fozilovning uyiga borib, uning qizi bilan suhbatlashdi.

Qaynona va kuëvimning munosabati boshida yaxshi edi, deydi Odinaxon.

- 19 kun yashadim. Bir narsalar deyishgan edi, o‘shanga ketdim.

Ozodlik: Aynan nima deyishdi?

- Ko‘rpa-to‘shaging oz, ust-boshing oz deyishgan.

Ozodlik: Yana biror narsani yuzingizga solishganmi?

- Mebeling, sandiqlaring yo‘q deb aytishgan, deydi sepsiz kelinga aylanib qolglan o‘shlik Odinaxon.

Odinaxonning kuni opasi Nargizaning ham boshiga tushgan edi.

Озодлик 2 кило гўшт пулига келин бўлган қиз билан учрашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:43 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG