Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:53

Ostonada ShHT sammiti o‘tmoqda


Qozog‘iston oytaxti Ostona Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga mezbonlik qilmoqda.

Markaziy Osiyoning to‘rt davlati O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Rossiya va Xitoy a‘zo bo‘lgan ShHT tuzilganiga bugun 10 yil to‘ldi.

Yubiley sammitida, tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Eron va Pokiston prezidentlari Mahmud Ahmadiynajod va Osif Ali Zardoriy ham ishtirok etmoqda.

Afg‘oniston Prezidenti Hamid Karzay sammitda mehmon sifatida qatnashmoqda.

Sammitda Afg‘onistondagi vaziyat, narkotiklar noqonuniy savdosiga qarshi kurashish yangi strategik rejalari qabul qilinadi.

Tashkilotni kengaytirish masalalari ham sammit kun tartibidian o‘rin olgan.

ShHT o‘n yil avval Xitoyning Shanxay shahrida tashkil topgan va shu shahar nomi bilan atab kelinadi.
XS
SM
MD
LG