Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:57

"Otkat"siz kollej qurilmaydi"


O‘zbekistonda mamktab va kasb-hunar kollejlari qurilishida katta miqdordagi mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olinib, sudlandi.

NewsUz.com Internet nashrining xabar qilishicha, Surxondaryo viloyati hokimligi qoshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injenering kompaniyasi yillar davomida viloyatda qurilgan bir qancha maktab va kasb-hunar kollejlari hisobidan yuz millionlab so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgan.

Xususan, NewsUz.com ma‘lumotlariga ko‘ra, mazkur qurilish kompaniyasi Jarqo‘rg‘on tumanidagi 490 o‘rinli yangi 44-maktabni, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan “Amu-Zangiqurilish” korxonasi smetasida ko‘rsatilgan 181,7 million so‘mlik ishni to‘liq bajarmaganiga qaramay, pora evaziga qabul qilib olgan. Shuningdek, Denov tumanidagi 10, 32, 53 sonli maktablar, Termiz shahridagi bank ishi kolleji, Sho‘rchi tumanidagi qishloq xo‘jaligi kolleji, Uzun tumanidagi qishloq xo‘jaligi kolleji kabi ta‘lim maskanlari qurilishida ham katta miqdordagi mablag‘lar noqonuniy o‘zlashtirilgan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, O‘zbekistondagi kapital qurilish tizimi eng korrupsiyalashgan va nazorat qilinishi qiyin bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi.

Surxondaryo viloyat prokuraturasi o‘tkazgan tergov xulosalariga ko‘ra, viloyat hokimligi qoshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injenering kompaniyasi direktori Abdurashid Abdurahimov o‘z “hamtovoqlari” bilan viloyatda qurilgan maktablar va kasb-hunar kollejlari hisobidan katta miqdordagi mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirib olgan.
XS
SM
MD
LG