Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:44

Ozaybayjondagi parlament saylovida Ilhom Aliyev partiyasi oldinda bormoqda


Bokudagi saylov uchastkalaridan biri, 2024-yil 1-sentyabri
Bokudagi saylov uchastkalaridan biri, 2024-yil 1-sentyabri

Ozarbayjonda 1sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovida prezident Ilhom Aliyevning “Yeni Azerbayjan” partiyasi peshqadamlik qilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi raisi Mazohir Panaxov byulletenlarning 91 foizi qayta ishlanganidan keyin mazkur partiya parlamentdagi 125 ta o‘rindan 68 tasini egallaganini ma’lum qilgan.

Saylovdagi davomat 37,27 foizni tashkil qilgan: ro‘yxatga olingan 6,4 million saylovchidan 2,1 million nafari ovoz berish uchun uchastkalarga kelgan.

Turan nashrining yozishicha, qolgan mandatlar hukumatparastligi bilan tanilgan “mustaqil” nomzodlarga tegadi.

Muxolifatdagi “Xalq jabhasi” partiyasi saylovni boykot qilgan. Muxolifatdagi yana bir partiya bo‘lmish “Musavat” 15 yildan buyon ilk bor parlament saylovida ishtirok etgan – bungacha u saylovlarni boykot qilib kelgan edi. “Musavat” lideri Orif Gajili Reuters agentligiga saylovning halol o‘tishiga ishonmasligi, biroq partiya “mamlakatdagi siyosiy muhitni faollashtirish” uchun saylovda ishtirok etayotganini bildirgan.

Saylovlar demokratik sharoitda o‘tayotgani yo‘q”, degan u.

Ozodlikning ozarbayjon xizmati ovoz berish chog‘ida huquqbuzarliklar kuzatilgani haqida xabar qilgan: ayrim saylov uchastkalarida qutilarga byulletenlar tashlangani qayd etilgan, bir saylovchi turli uchastkalarda ovoz bergan, kuzatuvchilar va jurnalistlarga esa bosim o‘tkazilgan.

Prezident Ilhom Aliyev joriy yilning iyun oyida parlamentni tarqatib yuborib, navbatdan tashqari saylovni 1-sentyabrga belgilash haqida qaror chiqargandi. Parlamentni tarqatib yuborish va yangi saylov kunini tayinlash tashabbusi “Yeni Azerbayjan” hukmron partiyasidan chiqqan.

Joriy yilning fevral oyida Ozarbayjonda muddatidan ilgari prezident saylovi bo‘lib o‘tib, unda kutilganidek amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyev g‘alaba qozongan. Muxolifat partiyalari prezident saylovida ishtirok etishdan bosh tortishgan edi.

XS
SM
MD
LG