Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:30

O‘zbek-Qirg‘iz savdosi 4,6 martaga qisqardi


O‘zbek – qirg‘iz chegarasining yopib qo‘yilishi oqibatida Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi 2010 yilda 4,6 martaga kamayib ketdi.

Bu haqda Qirg‘izistondagi Markaziy Osiyo Erkin Bozori Instituti vakili Bahodir Rajabov 23 iyun kuni bayonot berdi.

Tahlilchiga ko‘ra, Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi 2009 yilda 279,3 million dollarni, shu jumladan eksport 167,6 mln, import 111,7 mln dollarni tashkil qilgan edi.

2010 yili esa, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga eksport hajmi 32,5 mln dollarni tashkil qilgan xolos.

O‘zbek – qirg‘iz chegarasi 2010 yil iyunida amalga oshirilgan O‘sh qirg‘inidan so‘ng yopib qo‘yilgan edi.
XS
SM
MD
LG