Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:24

O‘zbek yigit to‘kkan qahva janjalga sabab bo‘ldi


"Shanba tunda Sankt-Peterburg yaqinidagi Lomonosov shaharchasidagi “Voyaj” kafesida to‘kilgan bir chashka qahva katta janjalga sabab bo‘ldi"¸ deb ëzadi mahalliy nashrlar.
Bu janjalga O‘zbekiston fuqarosining qahvani barmendan olayotib¸ uni kassa mashinasiga bexosdan to‘kib yuborgani sabab bo‘lgan. Buzilgan kassa mashinasi uchun kompensatsiya talab qilingach¸ 1000 rubl tashlab kafeni tark etayotgan o‘zbekistonlik yigit eshik oldida telefonda gaplashib turgan mahalliy fuqarolardan biriga urilib ketgan va voqea joyidagi ruslar o‘zbekistonlikka qarshi hujumga o‘tishgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari¸ janjal ishtirokchilaridan uchtasini hibsga olgan¸ ulardan birining 26 yashar O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Rossiya Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining bildirishicha¸ janjal ishtirokchilaridan ikki mahalliy yigit yengil jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda janjal ishtirokilariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘ash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
XS
SM
MD
LG