Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:03

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Belorusiyaning "Neman" jamoasini 3:2 hisobi bilan yengdi


O'zbekiston futbol bo'yicha olimpiya terma jamoasi (U23) kecha Turkiyada navbatdagi nazorat uchrachuv o'yinida Belorusiyaning "Neman" klubi ustidan 3:2 hisobi bilan g'alaba qozondi. Terma jamoamizning uchala go'li ham o'yinning ikkinchi yarmida kiritildi.

O'yinning birinchi yarmi o'zbekistonliklar ustunligida o'tgan bo'lsada, "Neman"liklar ikkita go'l urishda muvaffag bo'lishdi. Gollar O'zbekiston terma jamoasining darvozaboni Xudoyorov qo'riqlayotgan darvozaga o'yinning 25 va 32 daqiqalarda kirgizildi. Tanaffusga jamolalar 2:0 hisobida chiqib ketishdi.

Tanaffusdan so'ng esa O'zbekiston jamoasi 5 ta o'zgarish bilan chiqdi - Oybek Qilichev, Dilshod Rahmatullayev, Temirxo'ja Abduxoliqov va Farrux Nurliboyevlar maydonga tushishdi. Bu o'zgarishlar murabbiylar Kapadze va Miftahutdinov tarafidan oqilona qadam bo'ldi.

O'yinning 75 daqiqasida zahiradan maydonga tushgan Fozil Musayev oshirgan to'pni "Paxtakor" hujumchisi Alisher Azizov raqib darvozasiga yo'lladi. O'yin asosiy vaqtining tugashiga 1 daqiqa qolganda esa Musayevning o'zi gol muallifiga aylandi.

Hakam tarafidan berilgan qo'shimcha daqiqalarning ikkinchisida esa Alisher Azizov hisobni 3:2 qilib dubl muallifiga aylandi. Golga esa yana o'sha Fozil Musayev assistentlik qildi.

Belaruslarning ikki goliga Vadim Demidovich mualliflik qildi.
XS
SM
MD
LG