Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:28

O‘zbekiston CASA-1000 loyihasiga qarshi


O‘zbekiston Tojikistondan Pokistonga 1000 MVt elektr energiya uzatish quvvatiga ega bo‘ladigan 750 kilometrli mintaqaviy elektr uzatish liniyasi qurish to‘g‘risidagi Dushanbe va Islomobod rejasiga qarshi.

Bu haqda Regnum axborot agentligi Pokistonda chiqadigan Dawn News gazetasining 13 mart sonida chiqqan xabarga asoslanib xabar qildi.

Aytilishicha, gazeta O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi maktubi mazmuni to‘g‘risida xabar qilgan va elchi o‘z xatida tilga olingan elektr uzatish liniyasi qurilishini "xalqaro shartnomalarga zid", deb baholagan.

Pokiston va Tojikiston hamkorlikda amalga oshirishni rejalashtirayotgan CASA-1000 loyihasida Rog‘un GESi qurilishi hamda uning to‘la quvvat bilan ishlashi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Rog‘un GESi qurilishiga qarshi. Toshkent fikricha bu stansiyaning qurilishi O‘zbekistonning suv ta‘minotida jiddiy uzilishlarga olib keladi.

Toshkent CASA-1000 loyihasiga qarshi chiqar ekan, bu loyiha amalga oshmay qolishidan Pokiston ololmay qoladigan foyda o‘rnini qoplashi mumkin bo‘lgan boshqa bir loyhani taklif qilmoqda.

Dawn News gazetasining O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi maktubiga asoslanib yozishicha, deb xabar qildi Regnum, O‘zbekiston hukumati Pokistonning Svat daryosida potensial quvvati 1315 MVtni tashkil qiladigan 3 ta GES qurilishiga sarmoya yotqizuvchilardan biri bo‘lishi mumkin.
XS
SM
MD
LG