Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:48

O‘zbekiston interaktiv soliq tizimiga o‘tmoqchi


O‘zbekistonda 2012 yil oxiriga qadar davlat soliq xizmatining yagona
yagona ma‘lumotlar bazasi tashkil qilinadi.

Soliq xizmatini interaktiv qiladigan bu baza uchun Davlat soliq qo‘mitasida Ma‘lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil qilinadi.

Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining "www.soliq.uz" rasmiy vyeb-saytini yanada takomillashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, unga yuridik va jismoniy shaxslar uchun qonun hujjatlarida berilgan soliq imtiyozlariga oid strukturaviy ma‘lumotnomani joylashtirish va uni muntazam ravishda yangilab borish xizmati yuklangan.

Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 maydagi 125-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi ayni paytda avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish hamda elektron hujjat ko‘rinishidagi hisobotni taqdim etish masalalari bo‘yicha seminarlar o‘tkazishni boshladi.
XS
SM
MD
LG