Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:10

O‘zbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjonga safar qiladi


O‘zbekiston mudofaa vaziri Qobul Berdiyev 13-16 iyun kunlari Ozarbayjonga safar qiladi.

O‘zbekistondagi rasmiy manbaga asoslanib Trend.az nashrining xabar qilishicha, O‘zbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjon hukumatining qator rasmiylari bilan uchrashadi.

Regnum axborot agentligi xabariga ko‘ra, Qobul Berdiyev Ozarbayjon mudofaa vaziri Safar Abiyev bilan so‘zlashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning hozirgi ahvoli va istiqbollari masalasini muhokama qiladi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjonning harbiy qismlarni borib ko‘rishi, shuningdek, mamlakatning harbiy sanoat kompleksi bilan yaqindan tanishishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG