Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:10

O‘zbekiston xorij tashkilotlarini tanlab mamlakatga kiritmoqda


O‘zbekiston Ekspertlar ishchi guruhi Oliy sudning Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkilotining Toshkentdagi idorasini yopish to‘g‘risidagi qarorini qoraladi.

“Sudning bu qarori O‘zbekistonni dunyodagi sanoqli yopiq davlatlar safiga qo‘shishi shubhasiz”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Tashkilot yetakchisi Suhrob Ismoilov Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston hukumatining xalqaro tashkilotlarni mamlakatga kiritish bobida o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, “adolatsiz tanlov siyosati”ni yuritayotganlikda tanqid qildi.

- Mana bir oy muqaddam “Regional dialog” tashkiloti mamlakatga kiritildi. Avval O‘zbekistonda “Ochiq dialog” degan tashkilot bo‘lardi va u haqda ko‘p shov-shuvlar bo‘lgan. Myusha Sevyer rahbarlik qilardi va O‘zbekiston hukumati bilan muloqot tarafdori edi. Shu tashkilot yangi nom bilan yangi tashkilot sifatida yana keldi. Shuning uchun biz O‘zbekiston hukumatini xalqaro tashkilotlar bilan ishlashda noqonuniy, adolatsiz tanlov asosida, faqat o‘z siyosiy manfaatlaridan kelib chiqib qarorlar qabul qilayotganini qoralaymiz,- dedi Suhrob Ismoilov.

O‘zbekiston Oliy sudi NRW tashkilotining Toshkentdagi idorasini tugatish haqida shu yil 9 iyun kuni qaror qabul qildi. Da‘vo arizasi esa O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan 2010 yilning dekabr oyida kiritilgan edi.
XS
SM
MD
LG