Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:30

O‘zbekistonda o‘smirlar futbolining ahvoli qanday?


O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi himoyachisi Sardor Sobirxojayev AQSh o'smirlar terma jamoasi hujumchisi Alexandro Guidoga qarshi to'p uchun kurashmoqda. Torreon, Meksika. 22 iyun, 2011 yil.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi himoyachisi Sardor Sobirxojayev AQSh o'smirlar terma jamoasi hujumchisi Alexandro Guidoga qarshi to'p uchun kurashmoqda. Torreon, Meksika. 22 iyun, 2011 yil.
Meksikada o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli to‘p so‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 26 iyun kuni Chexiya terma jamoasi ustida g‘alaba qildi va o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. AQSh va Chexiya terma jamoalari ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatlaridagi ilk g‘alabasidir. Shunga qaramay, o‘zbek futboli, ayniqsa yosh futbolchilarni tarbiyalash sohasida qilinadigan ishlar hali ko‘p, deydi mutaxssislar.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Meksikaning Torreon shahrida o‘tkazilayotgan jahon chempionatda pley-off bosqichiga o‘tdi.

2011 yilgi chempionatda 17 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilar yaxshi natija ko‘rsatmoqda, desa bo‘ladi. Yangi Zelandiya termasiga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgani hisobga olinmasa, O‘zbekiston terma jamoasining AQSh va Chexiya futbolchilarini 2:1 hisobida mag‘lub etgani o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallashiga imkon berdi.

Endi Nimchorak finalda Aleksey Yefstafeyev boshqarayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar Avstraliya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. O‘zbekiston-Avstraliya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 30 iyunga o‘tar kechasi tungi soat 01:00 da bo‘lib o‘tadi.

“O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatlaridagi ilk g‘alabalari mamlakatda bu sport turiga e‘tiborning kuchayayotgani mahsulidir”, deydi Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston Professional futbol federatsiyasi mutassaddisi, futbol bo‘yicha bolalar musobaqalarini o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Oleg Rubakov.

- So‘nggi paytlarda bolalar va o‘smirlar sporti uchun qoyil qoladigan ishlar qilinyapti. Hamma joylarda akademiyalar, sport maktablari ishga tushirilmoqda, katta mablag‘lar ajratilyapti. Bu fantastika! Katta miqdorda yordam mintaqalarga ham ajratilyapti,- deydi poytaxtlik hakam Oleg Rubakov.

O‘zbekistonda o‘zbekistonlik yosh futbolchilarni saralash ishlarida mamlakatda ochilgan futbol internatlarining hissasining katta, deya qo‘shimcha qiladi u.

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi e‘lon qilgan ma‘lumotlarga binoan, respublikada 28-ta futbol-internat faoliyat ko‘rsatmoqda. Unda 4 mingdan ziyod bolalar futbol yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgani aytilmoqda.

O‘zbekistonning futbol bo‘yicha o‘smirlar terma jamoasi jahon birinchiligida yaxshi natija ko‘rsatayotganiga qaramasdan, mamlakatda yoshlar futbolining bugungi ahvolini risoladagiday emas, deydiganlar ham yo‘q emas.

Samarqanddagi futbol bo‘yicha maktab-internatlaridan birining
o‘zini Nuriddin deb tanishtirgan murabbiysi O‘zbekiston futboli, ayniqsa yosh futbolchilarning muammolari talaygina, deydi.

- Asosiysi sharoitda bu yerda. Sharoit bo‘lsa, oddiy odamning ham ishlagisi keladi. Ota-onalar keladi, qaraydi, agar sharoit bo‘lmasa kelmasligi mumkin. Gapning ochig‘i, baza yaratilmasa, futbol rivojlanmaydi. Internat bazasida yotoqxona yetarli bo‘lishi kerak, dam olish xonaliri, maydonlar, sportzal bo‘lishi kerak. Baza mana shu-da..., deydi murabbiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, saralash ishlari bilan maktab murabbiylarining o‘zlari shug‘ullanib kelmoqda va yoshlarning futbolga bo‘lgan qiziqishi katta bo‘lganligi tufayli yosh kadrlarni topish qiyin emas. Lekin, deydi u yosh futbolchilarni tayyorlash ta‘lim tizimini yangilash kerak.

- Konkret javob shunday bo‘ladi aka: respublika miqyosida hamma internatlarni qayta ko‘rib chiqib, bir xil qilib qurib, shunga yarasha sharoit yaratish kerak. Ana undan keyin talab qilish kerak! Sharoiti bir xil bo‘lishi kerak. Mana, Andijonni ko‘rib keldik... Andijonda talabga javob beradigan internat qurilgan. Xuddi shunday qilib boshqa viloyatlarda ham qurilishi kerak. Buxoroda 8-ta internat qurilgan, tumanlarda qurib-ochib tashlagan... Xorazmda ham shunday. Uni foydasi yo‘q, faqat davlat byudjetiga zarar. Bitta viloyatda bitta bo‘lishi kerak, lekin talabga javob beradigan bo‘lishi shart. Bitta viloyatda sakkizta internat bo‘lganidan keyin qanday bo‘lishi mumkin?! U yerda konkurensiya bo‘lmaydi, u yerda futbol emas boshqa vidlar ham ochilib ketgan. Bo‘maydi-da u! Chet davlatlarda hamma narsa hususiylashtirishga qaratilgan. Bizlarda hali u darajaga yetib borganimiz yo‘q-da. Hozir bitta maktabda sharoit bor, bittasida yo‘q,yana bittasida umuman sharoit yo‘q. Lekin talab bir xil bo‘lyapti,- deydi Samarqanddagi futbolga mutahassislashtirilgan maktab,- deydi futbol-internati murabbiysi.

Sport sharhlovchisi Haydar Akbar keyingi yillarda o‘zbek futbolilda muayyan yutuqlarga erishilgani va bu yoshlarning futbolga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani bilan bog‘liq, deydi. Lekin, deydi u, hozircha yutuqlardan ko‘ra muammolar ko‘proq.

- Juda katta ishlari qilinyapti, moddiy-texnika bazasi rivojlanyapti. Bu albatta quvonarli. Bir muammo bor. Kuzatishim bo‘yicha, o‘smirlar sportini rivojlantirishda hali-hanuz seleksiya ishlari ko‘ngildagidek yo‘lga qo‘yilmagan. Iqtidorli yoshlarimiz judayam ko‘p. Mirjalol Qosimovning bir gapi esimga tushadi: o‘sha Chig‘atoy sport maktabida men bilan o‘qigan mendan ham yaxshi futbolchilar bo‘lgan edi. Lekin e‘tibor bo‘lmagani, seleksiya bo‘lmagani uchun ular boshqa sohalarga o‘tib ketishdi yoki qolib ketishdi, degan edi,- deydi Haydar Akbarov.

Sport sharhlovchisi nazarida, sohadagi asosiy muammolardan yana biri sport jurnalistikasinining orqada qolayotganidadir.

17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida 2011 yilgi Jahon chempionatidan oldin O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi erishgan eng katta yutuq - 2002 yilda 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatining final bosqichiga chiqishi bo‘lgan.

2010 yilda Toshkentda 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘smirlar terma komandasi kumush medalga sazovor bo‘lib, Meksikada o‘tkazilayotgan Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Jamoa a‘zosi Temur Hakimov Osiyo chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.

Nimchorakda O‘zbekiston bilan Avstraliya o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi chorak finalda Kongo-Urugvay juftligi g‘olibi bilan bellashadi.
XS
SM
MD
LG