Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:15

O‘zbekistonda saylovlar kuni belgilandi


Qadimdan mahallaga el ichida obro‘ topgan yoshi ulug‘ odamlar saylanganidan¸ mahalla yetakchisiga oqsoqol deb nom berilgan.
Qadimdan mahallaga el ichida obro‘ topgan yoshi ulug‘ odamlar saylanganidan¸ mahalla yetakchisiga oqsoqol deb nom berilgan.
Senat qaroriga muvofiq, may-iyun oylarida mahalla va qishloq fuqarolar yig‘iniga saylovlar o‘tkaziladi.

2 aprel kuni O‘zbekiston Oliy Majlis Senati may-iyun oylarida mamlakatda mahalla fuqarolari yig‘ini raislari saylovlari o‘tkazish haqida qaror qabul qildi.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, mahalla fuqarolari yig‘ini raislari saylovi har 2¸5 yilda bir marta o‘tkaziladi va so‘nggi saylovlar 2008 yilning noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tgan edi.

Senat axborot xizmatining bildirishicha¸ bo‘lajak tadbirda 9 973 fuqarolar yig‘ini raislari saylanadi. Ulardan 8 383 nafari mahalla oqsoqollari¸ 1590 nafari esa qishloq fuqarolar yig‘ini raislaridir. Ayni paytda¸ butun respublika bo‘ylab 98 ming oqsoqollar maslahatchilarining ham har bir yig‘inda alohida belgilangan kunda, yashirin ovoz berish yo‘li o‘tkaziladigan tadbirda saylanishi kutilmoqda.

Ozodlikning O‘zbekistonda o‘tkazilajak mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlari raislarining saylovi munosabati bilan bugungi mahalla tizimi nima va uning oqsoqollari kim¸ degan savolga olgan javobini bu yerda o'qing.
XS
SM
MD
LG