Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:56

O‘zbekistonlik avtohavaskor MDHni kezadigan bo‘ldi


Hasanboy Burxonov MDHni "Matiz"da aylanadi.
Hasanboy Burxonov MDHni "Matiz"da aylanadi.
Fevral oyidan buyon dunyoni O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinada kezishni rejalagan avtohavaskor orzusi ushaladigan bo‘ldi.

Hasanboy Burhonov dunyoni emas, mustaqil davlatlar hamdo‘stligini kezadigan bo‘ldi.
Asli namanganlik Hasanboy Burhonovning may oyida rejalagan avtomarafoni 17 avgustda boshlanadigan bo‘ldi.
- Bir oz marshrut o‘zgardi. Sababi tayyorgarlik borasida yig‘iladigan mablag‘larni biz jalb qila olmadik. 17 avgust kuni start bo‘ladi. Toshkent-Bishkek-Ostona-Moskva-Minsk-Kiyev-Kishinyov va yana Toshkent. Maqsad o‘sha-o‘sha – nogironlar muammosiga jamoatchilik diqqatini jalb qilish. Nafaqat O‘zbekiston jamiyatini, jahon insoniyatini shu muammolarga jalb qilish. Avtomarafon O‘zbekistonning 20 yilligiga ham bag‘ishlanadi, - deydi o‘zbekistonlik avtohavaskor Hasanboy Burhonov.
Uning dunyo bo‘ylab avtosayohati kechikkaniga O‘zbekistondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi “GM Uzbekistan” avtokonsernining mazkur avtosayohat uchun mashina ajrata olmagani sabab bo‘lgan edi
Jahonni “Teng imkoniyatlar uchun” shiori bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Captivada aylanib chiqishni mo‘ljallagan Hasanboy aka endilikda bu orzusini avtokonsernning boshqa avtomobil turida amalga oshiradigan bo‘ldi:
- Bir do‘stimning “Deu Matiz” avtomashinasi bo‘ladigan bo‘ldi. Xozir tayyorgarlik ishlarini olib borayapmiz,- deydi yoshligidan nogiron bo‘lgan Hasanboy aka.
Avtohavaskor avtomarafonga uch yarim ming dollarni Germaniyadagi tashkilotlardan biri o‘tkazganini, qolgan qismini esa O‘zbekistondagi ayrim tashkilotlar yordamida yig‘a olganini aytdi.
-Besh ming dollar yig‘ildi. Yana bir kishi 3 ming dollar yordam berishini aytgan. Yordam bermasa, shu mablag‘ni boshqa bir do‘stim qarzga beradi. Shunday qilib, bu loyihani 8 ming dollar bilan amalga oshiramiz, deydi o‘zbekistonlik avtomobil ishqibozi.
Bir yarim oyga mo‘ljallangan mazkur avtomarafonda suhbatdoshimiz yakka o‘zi safar qiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik avtohavaskor Hasanboy Burhonov may oyida dunyo bo‘ylab avtosayohatga chiqmoqchi edi. Biroq uning avtomarafoniga kerakli bo‘lgan avtomashinani olishda, hamda mablag‘ to‘plashda qiyinchilik tug‘ilgani bois shu yilning yoz oylariga qoldirilgan edi.
XS
SM
MD
LG