Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:24

O‘zbekistonlik musulmonlar Umraga taraddud ko‘rmoqda


Muqaddas Umra ibodatini bajarish uchun o‘zbekistonlik 3.600 nafar ziyoratchi 14 martdan 2 mayga qadar Saudiya Arabistoniga safar qiladi.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, ziyoratchilarni Jidda shahriga yetkazish uchun O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatiga qarashli samolyotlar 17ta reys amalga oshiradi.

Umra ziyoratiga boradigan ziyoratchilarga 18 shifokor, 2 nafar oshpaz, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari hamrohlik qiladilar.

Umraga borishni xohlovchilar soni ko‘p bo‘lgani bois 2009 yildan boshlab O‘zbekistonda yiliga ikki marta – baxor va kuz faslida Umraga safar uyushtiriladi.
XS
SM
MD
LG