Линклар

Шошилинч хабар
03 март 2021, Тошкент вақти: 01:30

OzodDayjest: Taniqli professor O‘zbekiston tibbiyotida dori shirkatlari lobbisi avj olayotganidan ogohlantirdi


Oliy Majlis deputati prezident saylovi qishdan kuzga ko‘chirilayotgani sababini tushuntirdi. Toshkentda barcha yo‘llar “Artel Group”ga eltmoqda. Professor Ibodullayev O‘zbekiston tibbiyotida farmkompaniyalar lobbisi avj olayotganini urg‘uladi. Joriy hafta o‘zbek matbuoti shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

__________________________________________________________

Oliy Majlis deputati prezident saylovi oktabr oyiga ko‘chirilishi sababini ochiqladi

O‘zbekistonda prezident saylovi oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi mumkin (www.uza.uz, 27 - yanvar). Saylov sanasini o‘zgartirish bo‘yicha Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish masalasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishlarida muhokama qilingan. Endilikda ushbu masala palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Oliy Majlisi deputati Aqshagul Tulegenova saylov sanasi o‘zgartilishini sababini ochiqladi.

Qayd etilishicha, saylovdan keyingi siyosiy tadbirlar yangi yilning birinchi choragi oxiriga qadar cho‘zilishiga olib kelib, Davlat dasturini qabul qilish kabi islohotlar kechiktirilishiga sabab bo‘ladi; qator xorijiy davlatlarning bayramlari arafasiga (masalan, Rojdestvo) to‘g‘ri kelishi sababli jahon miqyosida obro‘ga ega bo‘lgan xalqaro kuzatuvchilarning saylovda ishtirokini ta’minlashda ham muayyan qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Bundan tashqari, dekabr oyi qish mavsumiga to‘g‘ri kelgani sababli saylovoldi tashviqoti tadbirlarini keng qamrovli o‘tkazish va unda saylovchilarni jalb etishda ham qator noqulayliklar yuzaga keladi.

Agar yangi tartib qabul qilinsa, 2021 - yilgi prezident saylovi 24 - oktabrda o‘tkazilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaning 117-moddasiga muvofiq, prezident saylovi dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazib kelingan.

Rost24: “Yirik zargarlik korxonasiga Toshkent shahri hokimligi egalik qilishi qonunga ziddir”

Markaziy Osiyodagi eng yirik zargarlik korxonasi ekani aytilayotgan “Gold Moon Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga Toshkent shahar hokimligi egalik qilmoqda (“Rost24”, 25 - yanvar). Byudjet tashkiloti bo‘lgan hokimlikning zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan qo‘shimcha daromad qilishi esa O‘zbekiston qonunchiligiga ziddir.

Qonunchilikka o‘zgarish kiritish yoki qo‘shimcha farmon bilan Toshkent hokimligining ushbu faoliyatiga izn berilsa ham, bu boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan, davlat tomonidan yirik mablag‘ (21 million AQSh dollari) bilan moliyalashtirilgan “Gold Moon Tashkent” shirkati osongina mayda va yirik zargarlarga zarba berishi, sog‘lom raqobatni yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Intellektual mulk idorasi ma’lumotiga ko‘ra, “Fonon” brendi “Technology Development” kompaniyasiga tegishli va uning 100 foiz ta’sischisi Dilmurod Rasulov. D. Rasulov kompaniyasining elektron manzili esa “Artel Group” domenida joylashgan.

“Yevropada barcha soliqlar, daromadlar Rimga eltgani uchun “barcha yo‘llar Rimga eltadi” degan ibora paydo bo‘lgandi. Toshkentda barcha daromadlar... kechirasiz, yo‘llar “Artel Group”ga eltayotgandek”, deya xulosa qilgan nashr.

Mutaxassis: “Ishtahasi karnay dori shirkatlari lobbisini cheklash lozim”

O‘zbekiston tibbiyotida farmkompaniyalar lobbisi avj olmoqda. Bu haqda Toshkentdagi “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullayev parlament yuqori palatasining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ekspertlar yig‘ilishida gapirdi (www.kun.uz, 22 - yanvar).

“Tibbiyotimizning barcha yo‘nalishlariga lobbizm kirib kelib bo‘ldi. Masalan, tibbiyot yo‘nalishidagi olimlarning ilmiy konferensiyalarini o‘tkazishga farmatsevtlar homiylik qilyapti. Shuning uchun boshqa yo‘nalishdagi konferensiyalardan farqli ravishda, tibbiyot konferensiyalari yirik va hashamatli mehmonxonalarda o‘tkaziladi. Olimlarning o‘zida katta pul yo‘q. Shu sababli bir qator olimlarning ilmiy maqolalari ham farmatsevtlar puli bilan chet el jurnallarida chiqadi. Bundan farmatsevtlar qanday foyda ko‘radi, deysizmi? Shifokor o‘ziga homiylik qilayotgan farmatsevtning dorisini insultda foydali, ta’siri juda yaxshi, deb maqolasiga kiritadi. Insulьt bo‘lgan bemorlarga beriladigan bir nechta doridan tashqari qolgan dorilar ma’lum asoratlar qoldiradi”, degan Z. Ibodullayev.

Olimning ta’kidlashicha, O‘zbekiston tezroq dalillarga asoslangan tibbiyotga o‘tishi va dori shirkatlari lobbisini cheklashi kerak.

“Rossiya tibbiyoti allaqachon farmatsevtikaning quliga aylanib bo‘lgan. Bizda esa hali imkoniyat bor. Tezroq dalillarga asoslangan tibbiyotni o‘zimizda joriy qilishimiz kerak. Ishontirib aytaman, biz shu tufayli chetdan milliardlab dollarga keladigan dorilar va eng yomoni – qoladigan asoratlardan qutulamiz”, degan professor-nevrolog Zarifboy Ibodullayev.

XS
SM
MD
LG