Линклар

Шошилинч хабар
08 декабр 2025, Тошкент вақти: 02:11

Ozodlik jurnalistlari Donbassda Rossiya zarbasiga nishon bo‘ldi


Roman Pagulich va Pavel Xolodov
Roman Pagulich va Pavel Xolodov

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi loyihasi bo‘lgan “Donbass.Realii”ning suratga olish guruhi Donetsk viloyatida FPV-dronlar operatorlari ishlarini tasvirga olish chog‘ida Rossiya tomonidan amalga oshirilgan hujumga nishon bo‘ldi.

Loyiha telegram-kanalida xabar qilinishicha, snaryadlardan biri harbiy jurnalist Roman Pagulich hamda u muloqot qilayotgan harbiylar yoniga tushgan. Natijada jurnalist kontuziya olgan, ikki jangchi esa yengil jarohatlangan. Ular bilan birga bo‘lgan tasvirchi Pavel Xolodovga zarar yetgan emas.

Hujum chog‘ida jabrlanganlarning hammasi stabilizatsion punktga olib borilgan va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Xabar yoyinlanayotgan paytda yaralangan jangchilar va suratga olish guruhi a’zolari hayoti uchun xavf yo‘qligi bildirilgan.

Snaryadning portlash jarayoni kadrga tushib qolgan:

XS
SM
MD
LG