Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 21:29

Pekin orbitaga uchirilgan raketasi portlaganini tan oldi


"Chanchjen-5" raketasi Xaynandagi kosmodromda (arxiv surati)
"Chanchjen-5" raketasi Xaynandagi kosmodromda (arxiv surati)

Xitoyning orbitaga 18 ta sun’iy yo‘ldosh olib chiqish uchun uchirilgan “Chanchjen-6A” raketasi sodir bo‘lgan portlash natijasida yuzlab bo‘lakka bo‘linib ketdi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Agentlik qaydicha, Xitoyning davlat ommaviy axborot vositalari raketa halokati haqida xabar qilishmagan, biroq bu ma’lumot ijtimoiy tarmoqlar va ommabop saytlarda muhokama qilingan. Keyinroq TIV vakili Bloomberg bilan suhbatda raketa parchalanib ketganini tan olgan.

“Chanchjen-6A” 18 ta internet sun’iy yo‘ldoshini 800 kilometr balandlikka olib chiqish uchun 6-avgust kuni uchirilgan edi. Orbitadagi obyektlarni kuzatish bilan shug‘ullanadigan Slingshot Aerospace shirkati raketa halokatga uchragani haqida bildirgan. AQSH Harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, u taqriban 300 bo‘lakka bo‘linib ketgan.

Bloomberg halokatga uchragan raketa “so‘nggi o‘n yilliklarda koinot chiqindisining eng yirik manbalaridan biri”ga aylangan. Xitoy TIV vakillari Pekin koinot chiqindisiga qarshi kurash masalasiga katta e’tibor qaratayotganini ta’kidlashgan.

XS
SM
MD
LG