Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:45

Pokiston chegara postiga janggarilar hujum qildi


Pokiston politsiyasiga ko‘ra, Afg‘oniston bilan chegara hududidagi harbiy postga janggarilar hujum qilishi ortidan boshlangan qurolli to‘qnashuvda 23 nafar Pokiston askari nobud bo‘lgan, 35 janggari o‘ldirilgan.

Xabarlarga ko‘ra, chorshanba kuni 200ga yaqin qurolli janggari Pokiston chegarasini kesib o‘tib, Shaltaludagi chegara postiga hujum qilgan va otishma ro‘y bergan.

Payshanba kuni Pokiston harbiylari chegarada vaziyat iziga tushgani va nazoratni qo‘lga olganliklarini ma‘lum qilishdi.

Ayni paytda AQSh Birlashgan qo‘shinlari shtabi boshlig‘i Admiral Mayk Mallen bugun Vashington qilgan chiqishida Qo‘shma Shtatlar Pokiston kabi ittifoqichisini tashlab qo‘yishi hatarli oqibatlarga olib kelishi haqda ta‘kidladi.

Vashington va Islomobod o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan oy Pokiston hududida Usama bin Ladinning AQSh maxsus kuchlari tarafidan o‘ldirilishi ortidan yomonlashgan edi.
XS
SM
MD
LG