Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:48

Pokistonda 5 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


CA-News saytining xabar qilishicha, o‘zbekistonlik 5 fuqaro Pokistonda 19 iyunga o‘tar kechasi yuz bergan avtohalokat oqibatida nobud bo‘lgan.
Karachi shahridan Eron chegarasiga yaqin joylashgan Mand shahriga ketayotgan avtobus halokatga uchrashi natijasida yo‘lovchilardan kamida 15 kishi halok bo‘lgan.
Saytning Pokistondagi manbaga tayanib xabar qilishicha, haydovchi avtobus boshqaruvini yo‘qotib qo‘yib, mashinani toqqa urgan.
Halok bo‘lgan 5 o‘zbekistonlikning jasadlari Karachiga yetkazilgan.
XS
SM
MD
LG