Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:31

Pokistonda jurnalist o‘ldirildi


Pokiston harbiylarining Al Qoida bilan aloqasi haqida maqola yozgan pokistonlik jurnalist jasadi Islomobod shahri chekkasida topildi.

Italiya agentligi hamda Hong Kongda ro‘yxatga olingan Internet nashri bilan hamkorlik qilib kelgan jurnalist Said Salim Shahzod ikki kun oldin bedarak yo‘qolgan edi.

29 may kuni u televideniyedagi ko‘rsatuvda qatnashish uchun chiqib ketganicha uyiga qaytmagan.

Uning jasadi Islomoboddan 150 kilometr uzoqlikda topildi. Jasadda qiynoq izlari bo‘lgan.

Said Salim Shahzod hayotligi paytida Pokiston maxsus xizmatlari undan yozgan maqolalari uchun o‘ch olishi mumkinligi haqida xavotir bildirib kelgan.
XS
SM
MD
LG