Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:09

Pokistondagi hujumda ayol xudkush qatnashdi


Pokiston politsiyachisi ushlangan jangarilardan tortib olingan xudkush bombasini ko'rsatmoqda. 24 iyun 2011 yil.
Pokiston politsiyachisi ushlangan jangarilardan tortib olingan xudkush bombasini ko'rsatmoqda. 24 iyun 2011 yil.
Pokistonning shimoli-g‘arbidagi politsiya idorasiga bir guruh janggarilar uyushtirgan hujum uchun mas‘uliyatni pokistonlik toliblar o‘z zimmasiga oldi.

Haydar Paxtunxva viloyatining Dera Ismoil Xon shahri yaqinidagi Kolachi stansiyasida 25 iyun kuni amalga oshirilgan hujum oqibatida kamida 10 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, o‘zini portlatgan xudkushlardan kamida bittasi ayol bo‘lgan.

Pokistonlik toliblar matbuot vakili Asadulla Ahsan muxbirlarga: "Ayollarning xudkush hujumchi bo‘lishi davlat rahbarlaridan pokistonlik ayollarning xafsalasi pir bo‘lganini ko‘rsatadi", dedi.
XS
SM
MD
LG