Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:46

PORTAL: "Арзон уйларни олишга ҳам қурбимиз етмаяпти"


Навоий шаҳрида яшовчи 33 яшар Ўткир Ҳазратов ҳам президентнинг виртуал қабулхонасига шикоят йўллаганлардан бири. Ўткир Ҳазратовнинг Озодлик билан суҳбатда айтишича, у кам таъминланган оила сифатида намунали уйлардан бирини арзонга олувчилар рўйхатига киритилган, бироқ кейинчалик ундан уйни қиммат нархда олишни талаб қилишмоқда.

“Yangi arzon uylar bo’yicha muammolar bo’lyapti. Portal shunchaki rasmiyatchilik bo’lib qolgan, umuman foydasi bo’mayapti. Shu uchun uy narxlari va taqsimlanishidan juda ko’p odamlar norozi" дея мактуб йўллади Ўткир Ҳазратов.

Озодлик Ўткир Ҳазратов билан телефон орқали боғланиб, у билан суҳбатлашди:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:13 0:00
Бевосита линк

Ўткир Ҳазратов президент порталига йўллаган аризаларидан бирининг нусхасини Озодликка йўллади:

PREZIDENTIMIZGA ILTIMOSNOMA

Assalomu alaykum hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga shuni murojat qilib ma'lum qilamizki Sizning 2016 yil 22-noyabrdagi PQ-2260 sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16-yanvardagi 14-sonli qaroriga asosan shahar hududlarida qurilayotgan arzon va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholiga qurilayotgan kòp qavatli uy-joylarning narxlarini va boshlanģich badal to’lovlarini o’zingiz aralashuvingiz bilan qayta ko’rib chiqishingizni iltimos qilib Navoiy shahri aholisi so’ramoqda.

Hozirgi kunda 1 metr kvadrat umumiy maydon uchun 2451000 so’mdan belgilangan. Shundan hisoblab chiqsak qarorda ko’rsatilgandek 25% boshlang’ich badal to’lovlari

2 xonali uy uchun ~27 000 000 so’m
3 xonali uy uchun ~35 000 000 so’m
4 xonali uy uchun ~41 000 000 so’m
bo’ladi.

Ushbu narxlardagi boshlang’ich badal to’lovlari qarorda ko’zda tutilgan ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamidan topib bo’lmaydi. Yana qarorda ko’rsatilgandek, agar uy biriktirilgandan so’ng 60 kun ichida boshlang’ich badal puli to’lanmasa, uy boshqa boshlang’ich badalini to’lay oladiganlarga berib yuborilar ekan. Agar shunaqa bo’lsa, qurilayotgan uylar ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo’lmagan odamlarga taqsimlanadi. Natijada yana ijtimoiy muhofazaga muhtoj odamlar uysiz qolib ketadi.

Shuning uchun uylar o’z haqiqiy egalarini topish uchun boshlang’ich badal to’lovlarini ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamning imkoniyatlarini, talab xoxishlarini o’rganib chiqib hisobga olgan holda qaytadan belgilab berishingizni so’raymiz. Sizga ushbu iltimosni mingdan ortiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholidan deb qabul qilishingizni so’raymiz.

Qaror chiqqan vaqti hamma muhtojlar xursand, qo’llari har-kun duoda edi. Boshlang’ich badal narxlari esa barchadagi xursandchilikni g’azabga aylantirib qo’ydi. Bizga o’xshagan uysizlar ham uyli bo’lib xursandchilik qilaylik iltimos sizga.

Iltimosimiz yerda qolmaydi deb Xudodan so’rab qolamiz.

(Hurmatli ijrochilar, ushbu iltimosni viloyatimizga jo’natmang. Agar viloyatga jo’natmoqchi bo’lsangiz, jo’natmasdan o’chirib tashanglar)

Ўткир Ҳазратов ўз аризасига ушбу қарор нусхасини ҳам илова қилган.
Ўткир Ҳазратов ўз аризасига ушбу қарор нусхасини ҳам илова қилган.

Навоий шаҳрида яшовчи 33 яшар Ўткир Ҳазратовнинг президент порталига йўллаган шикояти ҳозирда ўрганилмоқда. Озодлик Ўткир Ҳазратовнинг ушбу шикояти тақдирини кузатишда давом этади.

******************************************************************************

Муҳим эслатма: Президент Мирзиёев порталига йўлламоқчи бўлган шикоятингиз нусхасини Озодликка ҳам йўллашни унитманг! Аризангиз тақдирини биргаликда кузатамиз!

XS
SM
MD
LG